
Halollik vaksinasi
“Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan,
jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joizbo‘lsa, "halollik vaksinasi" bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz.”
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Umuminsoniy qadriyatlarga ko‘ra, halol-harom masalasida qat’iyatli bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib olish komil insonga xos belgidir.
Qaysi bir odam birovning haqqidan qo‘rqsa, kasb tanlash, rizq-nasiba topishda haromdan hazar qilsa, demak, u halollikka intilibdi.
Ahamiyat bersak, xalqimizda halollik va nopoklik haqidagi ibratli hikmatlar
ko‘p. Mana shunday ikki qarama-qarshi dunyoqarash asosida paydo bo‘ladigan
og‘ir savollar odamzod ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni o‘ylantirib, qiynab keladi.Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik. Agar e’tibor bersangiz, halol insonning dili va yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘ bo‘ladi. Halollik va burch fazilatlari bilan
bog‘langan quyidagi hikoyani keltirishni joiz deb bildik.
Abdulloh ibn Umar o‘z otasiga aytgan ekan:
– Ey ota, olamdan o‘tsangiz, sizni ikkinchi yo uchinchi kechada tushimda ko‘rishni istayman.Vafotidan o‘n ikki yil o‘tib ham otasi tushiga kirmabdi. O‘n ikki yildan keyingina tushida otasini ko‘ribdi. O‘g‘li undan so‘rabdi:
– Ota, siz menga uch kechadan keyin tushingga kiraman, degan edingiz-ku! Otasi javob beribdi: – Naharvonda bir ko‘prik buzilgan va xizmatchilar uni tuzatmagan ekanlar. Qo‘ylar shu ko‘prikdan o‘tayotganda birining oyog‘i teshikka tushib sinibdi. Hozirgacha shuning javobini berdim.[1] Qonunga ko‘ra, korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan
shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy
yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
Korrupsiya insonni barkamol o‘sishiga to‘sqinlik qiladi va baxtsizlikka sababchi bo‘ladi!
Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir. Halollik bor yerda mug‘ombirlik chekinadi, haromning yo‘li bekiladi.
Bir kuni bir kishi Umar ibn Xattobning qabuliga keldi. Salom berdi-da, kutib turdi. Umar ibn Xattob yonib turgan shamni o‘chirib, keyin boshqasini yoqdi.Bu ahvol mehmon diqqatini tortdi.Mehmon: – Oldingizda sham yonib turardi, uni o‘chirdingiz. Yana unga o‘xshash boshqa shamni yoqdingiz. Buning qanday hikmati bor? – dedi. Umar ibn Xattob tabassum bilan:– O‘chirganim davlatning shami (molidir). Yoqqanim esa o‘zimning shaxsiy shamim, o‘z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda davlatning shamini yoqaman. Hozir siz bilan suhbat qurib o‘tirganimda davlat shamini yoqishim halollik bo‘lmaydi, shuning uchun uni o‘chirdim, o‘z shamimni yoqdim, – dedi. Ushbu hikoyada Umar ibn Xattobning davlatning haqqiga xiyonat qilmaslik, davlat mulkini o’zlashtirmaslik kabi ibratomus harakatlarini anglash va o’rganish muhimdir.
Azaldan “Harom luqmaning kami ham, ko‘pi ham bo‘lmaydi – barchasi insonni badbaxt qiladi” degan hikmat bekorga aytilmaganligini ushbu hikoyadan xulosa qilib aytilganligi e’tiborga loyiqdir.
“O‘g‘lingiz har kuni bigiz bilan meshlarimni teshyapti. Sizday ulug‘ odamning farzandiga shu ish munosibmi?” Donishmand mulzam bo‘lib, uzr so‘rabdi, meshlarning haqqini to‘labdi-da, xotinini chaqirib voqeani bayon
qilibdi.So‘ng: “Biz bolamizga bunday tarbiya bermagan edik. Luqmasiga harom aralashib qolmadimikan?” – deb so‘rabdi. Xotini picha o‘ylagach: “Siz nima topib kelgan bo‘lsangiz, biz o‘shanigina yeymiz. Bizdan gumoningiz noo‘rindir”, – debdi.Ota: “Men uyga harom luqma keltirganimni eslay olmayapman. Tongga qadar yana o‘ylaylik”, – debdi.Tongda xotini aybdor odamning siniq ovozi bilan debdi: “...bir voqeani bexos esladim: shu bolaga homilador ekanimda mehmonga borib edim. Dasturxon noz-ne’matga to‘la edi. Undagi po‘rtaxol (apelsin) ishtahamni qitiqlab, nafsimni o‘zimga hukmron qilib qo‘ydi.
Eshitib edimki, homiladorlik chog‘ida ayol yegisi kelgan narsadan tatib ko‘ra olmasa, bolasi nuqsonli bo‘lib tug‘ilmog‘i mumkin ekan. Mezbon nechundir: “Oling, yeng”, – demadi. Nafsim esa tinchimadi.
Oqibat, mezbon chiqib ketgach, po‘rtaxolni qo‘limga olib, to‘g‘nag‘ich ignasi bilan asta teshdim-da, bir tomchi sharbatini simirdim. So‘rab olinmagani uchun, balki, shu luqma harom bo‘lgandir?”Xotinining iqrorini eshitgan er:“Ha,barakalla! Anglab yetibsiz. Tezda o‘sha xonadonga boring-u, voqeani bayon qilib, o‘shabir tomchi sharbat uchun rozilik oling”, – degan ekan.[2] Ushbu hikoyadan hatto bir luqmaning roziliksiz olingani uchun ham javobgarlik borligini anglash mumkin.
Dinimiz har bir insonni halol mehnat qilishga chorlaydi.Dangasalik, yalqovlik, tama va birovlar qo’liga qaram bo’lib qolish kabi ijtimoiy illatlardan qaytaradi.Shunday ekan, hurmatli yoshlar biror kasbning yetuk mutaxassisi bo’ling. Egallagan kasbingiz bilan odamlarga foyda keltiring. Zero, hadislarda “Sizlarning yaxshilaringiz insonlarga foydasi ko’proq teguvchilaringizdir”, deyilgan. Dunyoda biron taom inson o’z peshana teri bilan topgan luqmasi kabi beminnat va lazzatli bo’lmaydi. Xalqimizda:Mehmat qilib topganing qand-u novvot totganing”,deb bejiz aytilmagan.[3]
Dilafruz Gulamova
Ta`lim muassasasi o`qituvchisi
[1] Nizomulmulk “Siyosatnoma” dan
[2] Tohir Malik, “Ostona“ Bigizga aylangan to‘g‘nag‘ich hikoyasi asosida
[3] Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Yoshlarga nasihatim. Toshkent.2024 y. 83-bet.
Izoh qoldirish