
“2027–2036 йилларда ўрмонларни кўпайтириш ва қайта тиклаш бўйича Ҳаракатлар ўн йиллиги”
Joriy yilning 30-aprel kuni BMTning Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyasi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan “Oʻrmonlarni barqaror boshqarishga muvofiq ravishda oʻrmonlarni koʻpaytirish va qayta tiklash boʻyicha Harakatlar oʻn yilligi” rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi. Hujjatda 2027-yildan 2036-yilgacha bo‘lgan davr o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi deb e’lon qilingan va jahon hamjamiyati bu borada faol choralar ko‘rishga chaqirilgan.
Rezolyutsiya keng qo‘llab-quvvatlandi: dunyoning turli mintaqalaridan 80 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahrayn hammualliflar bo‘ldi.
Hujjat asosini O‘zbekiston Prezidentining “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili” dasturi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Markaziy Osiyoning yashil belbog‘i” ko‘chat ekish kampaniyasi kabi tashabbuslari tashkil etadi. Unda o‘rmonlarni ko‘paytirish va qayta tiklash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun kuch va resurslarni safarbar etish talab qilinib, davlatlar va tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirish tavsiya etiladi.
Ushbu rezolyutsiyada O‘zbekistonning global ekologik tashabbuslardagi roli ortib borayotgani, barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga intilishi alohida ta’kidlangan.
манба https://gov.uz/oz/eco/news/view/50252
Izoh qoldirish