12.09.2024

“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya- Yangi O‘zbekiston poydevori”

11 sentabr 2024 yil     "Jo'ybori Kalon" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida Mustaqilligimizning 33 yilligi munosobati bilan “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya- Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbatlar olib borildi.  Tadbirda sobiq bitiruvchilar, ta’lim muassasasi faxriylari tashrif buyurishdi.             Sobiq bitiruvchilar talabalarga madrasaning ilk ochilgan, ular  ta’lim olgan va faoliyat yuritgan davrlari haqida hamda hozirgi talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart  sharoitlar haqida gapirib, o’tmish bilan hozirgi davr orasidagi ijobiy o’zgarishlar va qulayliklarni solishtirib, ulardan o’rinli foydalanish zarurligi, ilm olish- eng buyuk ne’mat , sharaf va baxt ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Tadbir ta’lim muassasasi talabalariga ijobiy va foydali ta’assurotlar  uyg’otdi. 
Jalilova Zuxra so’zga chiqib, Yangi O’zbekistonda yoshlarga xususan ayol-qizlarga yaratilayotgan islohotlar va ularning amaldagi faoliyatlari  bilim va tajriba, tinimsiz-o’qib o’rganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, xotin-qizlar xusuiy  tadbirkorligining ijtimoiylashuvi kabi   imkoniyatlaridan keng  va samarali foydalanish zarurligi xususida to’xtalib o’tdi. 
Tadbirdan so’ng faxriylar tomonidan xayrli duolar qilindi. Tadbir talaba qizlarimizning ta’lim olishiga bo’lgan intilishlari uchun motivatsiya paydo bo’lishiga zamin yaratdi.

Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma’rifat bòlimi

Izoh qoldirish