30.04.2024

Mo’minlar jannatda Alloh taoloni ko’rish masalasi.

Jannatda ato etiladigan ne’matlarning eng ulug’i Alloh taologa nazar solish hisoblanadi. Bunday ulug’ baxtga sazovor bo’lgan bandalar Alloh taoloni ko’radilar. Imom Moturudiy rahmatullohi alayh e’tiqodiga ko’ra : Jannatga kirgan bandalar o’z ko’zlari bilan Alloh taoloni ko’rishlari aqliy dalil bilan emas, balki naqliy dalillar bilan sobit bo’lgan. Masalan : 

               وُجُوهٞ يَوۡمَئِذٖ نَّاضِرَةٌ  ٢٢  إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٞ ٣٢  

U kunda chiroyli yuzlar bor. O’z Robbisiga nazar soluvchilar”. 

 (Qiyomat surasi, 22-23-oyatlar).

Kofirlar esa o’sha kunda Alloh taoloni ko’rishdan to’siladilar. Bu haqda Qur’oni karimda quyidagicha xabar berilgan: 

كَلَّآ إِنَّهُمۡ عَن رَّبِّهِمۡ يَوۡمَئِذٖ لَّمَحۡجُوبُونَ

Yoʻq!!!  Albatta, ular oʻsha kunda oʻz Robbilarini koʻrishdan Toʻsilurlar” 

(Mutoffifin surasi, 15-oyat).

“Imom Shofeiy rahmatullohi alayh: “Ushbu oyatda moʻminlarning Alloh  Taoloni koʻrishlariga dalil bor”, degan. 

Imom Molik rahmatullohi alayh: “Uning dushmanlari toʻsilgan va Uni koʻra olmaganlaridan keyin, Oʻzining doʻstlariga tajalliy (oʻzini namoyon) qiladiki, U zotni koʻradilar”, - degan.

Boshqa bir oyati karimada: 

لَّا تُدۡرِكُهُ ٱلۡأَبۡصَٰرُ وَهُوَ يُدۡرِكُ ٱلۡأَبۡصَٰرَۖ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلۡخَبِيرُ

Koʻzlarning Uni idrok etmas. Ko’zlar uni idrok etar” 

(An’om surasi, 103-oyat).

Bu oyati karimaning maʼnosi besh xil taʼvil qilingan:

1. Uni koʻzlar ihota qila olmaydi. U koʻzlarni ihota qiladi; 

2. Koʻzlar Uni koʻrmaydi. U koʻzlarni koʻradi; Bu soʻzni aytuvchilar ikkita 

Dalil keltiradilar: 

1. Koʻzlar oldilaridagi narsalarni koʻradi. Koʻzlar bilan koʻriladigan  Narsalar orasida fazo boʻlishi kerak. Shu bois oʻzlariga jips boʻlib turgan  Narsalarni koʻrmaydi. Agar koʻzlar Uni koʻrsa, U chegaralanib qolishi lozim  Boʻlib qoladi, shuning uchun koʻzlar Uni koʻrmaydi;

2. Eshitish ovozlarni idrok etganidek, koʻrish ranglarni idrok etadi. U  Zotni ranglar bilan vasf qilish mumkin boʻlmaganidek, koʻrish bilan ham vasf  Qilish mumkin boʻlmaydi.

3. Bu dunyoda maxluqlarning koʻzlari Uni idrok eta olmaydi. Oxiratda esa  “Robbisiga nazar soluvchilar” maʼnosidagi oyatning taqozosiga koʻra Uni Idrok etadilar. U zot esa dunyoyu oxiratda koʻzlarni idrok etadi; 

4. Dunyoyu oxiratda zolimlarning koʻzlari Uni idrok eta olmaydi.  Moʻminlarning koʻzlari Uni idrok etadi. Chunki idrok etish osiylardan man qilinib, moʻminlarga ato etiladigan izzat-ikromdir; 

5. Koʻzlar Uni dunyoyu oxiratda idrok eta olmaydi. Lekin Alloh taolo Oʻzining doʻstlariga ulardagi beshta sezgilardan boshqa oltinchi sezgini  Yaratadi, Uni oʻsha alohida sezgi bilan koʻradilar. 

Shuningdek hadisi shariflarda ham bu e’tiqodimizga ko’plab dalillar kelgan. Misol tariqasida quyidagi hadisni keltiramiz: 

Jarir ibn Abdulloh rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Bizlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik , u zot to’lin oy kechasida oyga nazar soldilar-da : “ Sizlar yaqinda Robbilaringizni bu oyni ko’rgamdek ko’rasizlar , Uni ko’rishda qiynalmaysizlar , agar quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin namozga kuch sarflashga qodir bo’lsalaringiz , albatta , uni ado qilinglar “, dedilar”.

Muttafaqun alayh.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Bu oyni koʻrgandek koʻrasizlar” deyishlari koʻriladiganni koʻriladiganga oʻxshatish emas, balki koʻrishni koʻrishga oʻxshatishdir. Alloh taoloni koʻrishni oyni koʻrishga oʻxshatishda ikki xil maʼno bor:

  1. Toʻlin oy kechasida oyni koʻrish toʻgʻrisida hech qanday shak-shubha Boʻlmaydi;
  2. Oyni koʻrishda koʻruvchilar qancha koʻp boʻlishlaridan qatʼi nazar hech bir Mashaqqatsiz barchalari baravar koʻraveradilar”.

Abror mo’minlar Alloh taoloni jannatda mukammal , makon, taraflarsiz , suratdan  pok holatta ko’radilar. Shaklsiz va timsolsiz koʻrish haqidagi soʻz xuddi Soʻfi Ollohyor bobomiz aytganlari kabidir: 

 Koʻngulda kechsa, koʻzga tushsa har shay

Erur andin munazzah Xoliqi Hay.

 Yaʼni insonning koʻnglida Alloh taoloning qandayligi toʻgʻrisida qanday fikr oʻtsa oʻtsin, uning koʻziga qanday ulugʻvor narsa koʻrinsa ko’rinsin , Alloh taolo barchasidan boshqacha bo’lgan, oliy va buyuk Zotdir. Idroksiz koʻrish deganda esa koʻrilgan narsani tasvirlab bera olmaydigan, uning qandayligini tushuntirib bera olmaydigan hamda yodida saqlab qola olmaydigan darajada koʻrish maʼnolari tushuniladi. Shu maʼnoda moʻminlar Alloh taoloning jamoliga shaklsiz, idroksiz va biror timsolsiz ravishda nazar tashlaydilar.

Imom Ash’ariy rahmatullohi alayh mo’tazilalarga qarshi kurashib, ularni e’tiqodlari noto’g’ri ekanini ular suyangan aqliy dalil bilan isbotlaganlar. Ya’ni mo’taziliylar bu masalada quyidagicha e’tiqod qilishgan: nima narsa ko’riladigan bo’lsa, u ko’ruvchining ro’parasida turishi lozim bo’ladi , ro’parada turish esa bir tarafda turishni taqozo qiladi. Makonda turgan narsa esa yoki jism bo’ladi yoki araz bo’ladi. Bunday bo’lish esa Alloh taologa muholdir. Shuning uchun Alloh taoloni ko’rish mumkin emas, deb e’tiqod qilish lozim bo’ladi.

Imom Ash’ariy rahmatullohi alayh anasgu iddaoga ularning uslublarida javob berib, narsalarni ko’rilish sababi ularning jism yo arazligi emas, balki borligidir, deganlar. 

Imom Moturudiy rahmatullohi alayh esa ijmo qilingan masalaga bildirilgan e’tirozga e’tibor berilmaydi qabilida ish tutganlar. Ya’ni Alloh taoloni ko’rish haqidagi e’tiqod Qur’on, mutavotir hadis va ijmo bilan sobit bo’lgan. Mo’taziliylarning qarashlari esa keyinchalik paydo bo’lgan. Shuning uchun ularning bu iddaolarining e’tibori yo’qdir, deganlar.

“Jo'ybori Kalon” o'rta mahsus islom ta'lim 

muassasasi o'qituvchisi A. Jamilova 

Izoh qoldirish