14.03.2024

“Yagona olimpiada” saralash bosqichi taqdirlash marosimi

Joriy yilning 13-mart kuni “Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2023-2024 o’quv  yili  bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida o’tkazilgan  “Yagona  olimpiada” ko’rik – tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi. 
       «Jo’ybori Kalon» ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori Azizxo'ja domla Inoyatov tadbirda so’zga chiqib , tadbir ishtirokchilarini  tabriklab, din sohasida amalga oshiralayotgan ishlar va  diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalarini aniqlash va ularni munosib rag’batlantirish maqsadida turli xil ko’rik tanlovlar, fan olimpiadalarini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir deb o’z fikrini bildirdi.
  O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil  3-maydagi “Iqtidorli yoshlarini aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ- 4306-sonli Qaroriga muvofiq o’rta maxsus islom ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Yagona olimpiada”ning saralash bosqichi natijalari, o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 2023-2024 o’quv yilining 3-bosqich bitiruvchi kurs talabalari orasidan mutaxassislik fanlari bo’yicha qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ularning iste’dodi, ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, ixtisosligini chuqur o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish va munosib rag’batlantirish maqsadida 2023-2024 o’quv yilining fevral oyida bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida “Yagona olimpiada”ning saralash bosqichi tashkil etilganligini ta’kidladi. Bu olimpiadada ta’lim muassasaning tajribali ustozlari tomonidan amaldagi o’quv dasturlari asosida  tuzilgan test va ijodiy imtihon savollari asosida, Ilmiy kengashida tasdiqlangan jadval asosida:  Fiqh, Aqoid  fanlaridan test, Arab tili fanidan ijodiy imtihon tarzida  o’tkazildi.
    Sinovlar natijalariga ko’ra quyidagi talabalar eng yaxshi natijalarga erishdi va ta'lim muassasasi ma'muriyati tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar:
1- o’rin  Maxmudjonova Maryamxon
2 - o’rin Nazarova Gavharbegim, Abdullayeva Yulduz 
3- o’rin  Najimova Zebiniso  

Natijalarga ko’ra,  3- bosqich  bitiruvchisi Maxmudjonova Maryamxon 2024 - yilning may oyida bo’ladigan “Yagona olimpiada”ning yakuniy bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi.
O’zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim va kadrlar tayyorlash bo’limi rahbarligida o’tkaziladigan “Yagona olimpiada”ning yakuniy bosqichida ishtirok etadigan talaba shakllantirilganligi va uning iqtidori va ijodiy qobiliyatini inobatga olgan holda mutaxassis fan o’qituvchilari ixtisoslik yo’nalishi bo’yicha uning qiziqishlarini oshirib, qo’llab-quvvatlanadi.  

Talim muassasasi matbuot bo`limi
 

Izoh qoldirish

Izohlar