21.02.2024

Абитуриентлар учун тайёрлов курслари

#Tayyorlov_kursi

"Jo'ybori Kalon"ayol-qizlar oʻrta maxsus islom ta'lim muassasasida tashkil etilayotgan tayyorlov kursi haqida

⏺ Tayyorlov kursi 2024-yil mart oyidan boshlanib 5 oy davom etadi.

⏺ Tayyorlov kursi quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:

— Chet tili ( arab tili);

— O'zbekiston tarixi;

— Ma'naviyat va ma'rifat asoslari fanlaridan dars mashg‘ulotlari ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

⏺Tayyorlov kursiga umumta'lim maktablarining 11-sinf o'quvchilari, o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarini tamomlaganligi to'g'risidagi hujjat (attestat, diplom)ga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

⏺ Tayyorlov kursida abiturientlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

— muassasa direktori nomiga ariza;

— pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi);

— 3,5x4,5 hajmdagi 4 dona fotosurat (so'nggi 3 oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo'lishi talab etiladi).

📞 Eslatib o‘tamiz, mazkur tayyorlov kursida o‘qish istagida bo‘lgan abiturientlar “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining quyidagi ishonch telefonlariga murojaat etishlari mumkin.

📞”JO‘YBORI KALON” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASI

Jo‘ybori Kalon (ayol-qizlar uchun)

+998 65-221-77-44
+998 99 706 39 24
+998 91 247 30 91

Manzil: Buxoro shahri, Havzi Nav ko’chasi, 92-uy

Izoh qoldirish

Izohlar