
“Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ”
“Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ”
“Haq yolinda kim sanga bir harf oqutmish ranj ila,
Aylamak bolmas ado oning haqin yuz ganj ila”.
-xl.jpg)
Bugun hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.
Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.

"Jo'ybori Kalon" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida o'zbek adabiy tili adabiyotining asoschisi, buyuk shoir, olim, ma'rifatparvar, mashhur davlat arbobi Mir Alisher Navoiyrning ilmiy-ijodiy merosiga bag'ishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Mazkur davra suhbatini ta'lim muassasasi Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy ma'rifat bo'limi boshlig'i I.Usta-Alimova kirish sozi bilan ochib, buyuk mutafakkir A.Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shganligi, hayoti va ijodi haqida toxtaldi.
Tadbirda talim muassasasi talabalari A.Navoiy ijodidan uning gazal va ruboyilari hamda hikmatli sozlaridan namunalar keltirdilar.
Izoh qoldirish