
Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasida saqlanayotgan Sayqaliy qalamiga mansub manbalar
“Biror millatning madaniyatini, tarixini bilmoqchi bo‘lsang, uning adabiyotiga boq” deydi donishmandlardan biri. O‘zbek xalqi azal-azaldan buyuk davlatga, buyuk madaniyatga hamda buyuk adabiyotga ega bo‘lgan. Mana shunday adabiyot vakillaridan Sobir Sayqaliy Hisoriydir. Sobir Sayqaliy ijodiy merosini ilmiy jihatdan o‘rganish 1960- yillardan boshlandi. Bizgacha Sobir Sayqaliydan boy adabiy meros yetib kelgan. Shoir asarlari uning hayotlik davridayoq shuhrat topib, kotiblar tomonidan ko‘plab nusxada ko‘chirilgan. Keyinchalik bu meros bir necha bor nashr etilgan. Shunday asarlardan Buxoro shahrida saqlanayotgan manbalar diqqatga sazovor.
Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasida Sayqaliy qalamiga mansub 6ta manba saqlanmoqda. Ular 1) 11262/11 inventar raqami ostida Payg’ambarlar tarixi kitobi

2) 22347 inventar raqami ostida kitob nomi yozilmagan 104 varoq. 3)23727/11 inventar raqami ostida Kitobi Sayqaliy nomli kitob 1269-hijriy 249 varoq.

4) 12173 inventar raqami ostida kitob nomi yozilmagan 1250-hijriy. 5) 31032/11 inventar raqami ostida kitob nomi yozilmagan 1259-hijriy 302 varoq

6)12382/11 inventar raqami ostida Qiyomatnoma nomli kitob 114 varoq.

Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasida 12382/11 inventar raqami ostida “Qiyomatnoma” nomli kitobi saqlanadi. Asar Nasta’liq xati, qora siyoh bilan qo’qon qog’oziga yozilgan. Kitobning boshidagi varoqlari yo’q, har bir bet 17 qatordan nazmiy uslubda yozilgan. Ba’zi betlarida poygir mavjud. Asarda 2ta kitob bo’lib, ikkala kalafon qismi ham arab tilida yozilgan. Kitobga och yashil rangli qattiq kartondan muqova qilingan. Muqova asar yozilgan davrga tegishli emas, keyinchalik ta’mirlangan. O’lchami 25.5x15.5 sm. Kitob 227 bet 114 varoq. Kitobning oxiridan 16 bet oldinda bir kitob tugagani yozilgan. Kotibiga Mulla Abdulhamid Samarqand deb yozilgan. Sana:1286-hijriy.


1-kitobning 1-va oxirgi beti.
Izlanishlar shuni ko’rsatdiki 1-kitob “Qissai Sayqaliy” ning bir qismi ekani ma’lum bo‘ldi. 2-kitob esa “Qiyomatnoma” ekani aniqlandi.


2-kitobning 1-beti va oxirgi beti. Quyida 1-betning tabdili
Bismillohir rohmanir rohiym
Qiyomat keldi nogoh xotirmig'a
Bu necha nizom keltursom naylamki
Xabarda kelmish ul nanakla qiyomat
Yozilgom anda ko'p turluk alomat
Anga iymon kim tasdiq aytoni
Bayoni sar haddi bakonjuki yononi
dastida sur Isrofil paydo
Hamma joni o'z tani birla muridda
Irsot ahli jamla xulq olam
Ko'targoni xoki din boshin ushlum
Xudoni izzatinda Azza va Jalla
Muhammad Mustafoning hurmatinda
Ko'targoy bosh ushladim jumla yodini
Ko'tarmagoy boshin Fotima yoridin
Xudo aytgoy ayo Jibril borg'il
Kishi qolg'oni bormu anda ko'rgil
Degil Jibril ayo xoloq olam
O'zung yaxshi bilursan kim milam
Kishi qolmaydur anda yoqolibdur
Ki, ko'rdum Fotimani oqolibdur
Qilur farmoni ayo Jibril borg'il
Banga kelmay turur Fotima yurgil
Salomimni yetur borib angosin
Na arz etsa kelib olg'il mingosin
O'shol Mahshar kunini nuri kelibuni
Jami hurlaring jo'ri kelibuni
Kitobning oxirgi beti
Muhammadni qilib izn shafoat
Alar qilg’ay shafoatda qiyomat
Muhammad bahri jo’sh u soat
Bori ummatlarin etgay shafoat
Qilib Sayqal mehnatlarni u holat
Jamoling barchani qilg’il karomat
Xatoyi sofi iymonin salomat
Tutu eltgin behisht ichra hidoyat
Navisanda o’qig’ondin tilak bu
Alarni yorlaqosun Xoliq Hu
Tammatul kitob biavnil mulkil
Vahhob fi shahri jumodus soniy
Sana:1286
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sharq adabiyotida islom dini tarixini yorituvchi asarlar mohiyatan uzoq qadimiyatga borib taqaladi. Folklor bilan yozma adabiyot bir-biri bilan bevosita aloqador bo‘lganligi bois ham ular badiiy adabiyotning shakllanishi va rivojida o‘ziga xos o‘rin tutgan. shoirning tarix va hayotdan olgan taassurotlari ham o‘zining badiiy talqinini topgan. Unda hayotiy voqea va hodisalar ma’lum syujetga bog‘langan holda insonning ichki tuyg‘u-kechinmalari orqali aks ettirilgan. Yuqorida keltirilgan mabalarni o’rganish, tadqiqi qilish manbashunoslar oldidagi dolzarb muammolardan.
Sultonva Dilovar Ne'matillo qizi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.11262/11 inv.(Buxoro muzey-qo’riqxona)
2. 22347 inv. (Buxoro muzey-qo’riqxona)
3. 23727/11 inv. (Buxoro muzey-qo’riqxona)
4. 12173 inv. (Buxoro muzey-qo’riqxona)
5. 31032/11 inv. .(Buxoro muzey-qo’riqxona)
6. 12382/11 inv. .(Buxoro muzey-qo’riqxona)
Izoh qoldirish