30.11.2023

"Sharq uygonish davrinig pedagogik ma`rifati" mavzusida davra suhbati

Ta’lim muassasasida  “Sharq uygonish davrinig pedagogik ma`rifati” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig’i I.S.Usta-Alimova  tadbirni boshlab, tashrif buyurgan mehmonlarga so’z navbatini berdi. 

BuxMTI O`zbek tili va adabiyati kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori Yunusova Gulandom Samiyevna so`zga chiqdi. Talabalarga 3- Reneseans qayta uyg’onish davri Markaziy Osiyoda IX-XII asrda boshlanishi, arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etgani, madaniy hayotda yuz bergan ko`tarinkilik ma’naviy hayotda ham o`zgarishlar bo`lishi va  ana shu Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’siri, butun Arab xalifaligini, Yaqin va o`rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg`onish davri deb atalishi haqida gapirib o`tdi.

BuxMTI O`zbek tili va adabiyati kafedrasi dosenti, fiologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori PhD Narzullayeva Dilfuza Saitovna so`zga chiqib, Abu Ali ibn Sinoning  “Tib qonunlari” (5 tom), “Ash-Shifo”,“Al-Qonun”, “Al Najot”, “Donishnoma” va boshqa asarlari haqida, Ibn-Sino bilim olishda bolalarni maktablarda o‘qitish zarurligini qayd etib, quyidagilarni zarurligini 1) bilim berishda bolani birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; 2) ta’limda oddiydan (yengildan) murakkabga (og‘irga) o‘qitishga e’tibor berish kerak; 3) o‘qitishda jamoa bo‘lib, maktabga e’tibor berish kerak; 4) bilim berishda qiziqish va qobiliyatni hisobga olish kerak; 5) o‘qitishda jismoniy tarbiya mashqlari bilan birga olib borish kerakligi va  talabalarga buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiyasi haqida,  uning ilm-ma’rifat,  ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turishi, Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanishi haqida gapirib o`tdi. 

Talabalarni qiziqtirgan savollariga falsafa fanlari doktori Gulandom Yunusova tomonidan javob berildi.

Izoh qoldirish