
“MUSULMON SHARQIDA ILM-FAN RIVOJI VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI
Bugun “Jo’ybori Kalon” ayol -qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Musulmon sharqida ilm -fan rivoji va hozirgi zamon” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi O’zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshligi F.Olimov, Ilmiy tadqiqot bo’limi boshlig'i G.G’aniyeva, Kompyuter va axborot taxnologiyalar bolimi boshligi S. Zokirov hamda ta’lim muassasasi uztoz va talabalari ishtirok etdi.

“Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovining yakuniy natijasiga ko’ra:

1-o’rin “Jo’ybori Kalon ” ayol -qizlar o’rta maxsus islom talim muassasasi 2-kurs talabasi Usmonjonova Nargiza Tolibjon qizi;
2-o’rin “Jo’ybori Kalon ” ayol -qizlar o’rta maxsus islom talim muassasasi 1-kurs talabasi Evatova Oygul Tursunaliyevna;
3-o’rin “Jo’ybori Kalon ” ayol -qizlar o’rta maxsus islom talim muassasasi 3-kurs talabasi Turobova Fotima Shuxrat qizi

Mazkur tanlov goliblari va ishtirokchilariga O’zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan pul mukofoti hamda esdalik sovg`alari topshirildi.
Izoh qoldirish