Ta'lim muassasasida o'tkazilgan “Rasululloh ummatimiz” nomli siyrat tanlovi natijalari
O’zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 12-sentabrdagi 01A/117-sonli “Rasululloh ummatimiz” nomli siyrat tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi buyruqqa asosan, tanlovining saralash bosqichi (ta’lim muassasa bosqichi) tashkil etidi.
Mazkur tanlovda ta’lim muassasasining tajribali mutaxassis ustozlari tomonidan “Nurul yaqin” asosida islom tarixiga doir bilet savollari va test savollari orqali imtihon tarzida o’tkazildi.
1-shart. Tarixiy voqeani gapirib berish.
Ushbu shartda talabalar “Nurul yaqin” kitobi asosida tayyorlangan biletlardan birini tanlash bilan islom tarixiga doir biror voqeani gapirib berishdi.
2-shart. Matnni o’qib tarjima qilish.
Mazkur shartda “Nurul yaqin” kitobidan olingan matnlardan birini bilet asosida
tanlab, ifodali o’qib, tarjima qilishdi.
3-shart. Tezkor savol-javob.
Ushbu shartda “Nurul yaqin” kitobidan tuzilgan 10 ta savolga javob berish
so’raldi. Ishtirokchilar bilimini te3kshirish maqsadida hakamlar hay’ati
tomonidan qo’shimcha savollar berildi.
Tanlov natijalariga ko’ra quyidagi talabalar
eng yaxshi natijalarga erishdi:
1- o’rin: Usmonjonova Nargiza Tolibjon qizi - ( 92 ball)
2 - o’rin: AbdulloyevaYulduz Sayfullo qizi - ( 86 ball)
3- o’rin: Mamasoliyeva Oydiniso Ahmadjon qizi - ( 84 ball)
Izoh qoldirish