“Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning huquqiy oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari” mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 15 sentabr kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar o‘rta maxsus islom ta’limi muassasasida Ichki ishlar vazirligining Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida “Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning huquqiy oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda Buxoro viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash mas’ul xodimi X.Saidov, Din ishlari bo’yicha qo’mitaning Buxoro viloyat bosh mutaxassisi Y. Salomov, Buxoro viloyat IIB mas’ul xodimi M. Nasibullayeva, DXX xodimi Z.Qurbonova, Buxoro viloyat bosh otinoyisi qatnashdilar.
Uchrashuv ta'lim muassasasi pedagog o’qituvchilari, ishchi xodimlar hamda talabalar bilan birgalikda o'tkazildi.
Тadbirda shuningdek yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni turli yot mafkuralar ta’siridan asrash, huquqiy bilimlarini oshirish, noqonuniy diniy ta’lim bermaslik kabi mavzularda so‘z yuritildi. Dastlab Din ishlari bo’yicha qo’mitaning Buxoro viloyat bosh mutaxassisi Y. Salomov so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasidagi qonunlar, vijdon erkinligi tog’risida hamda fuqarolarning huquqiy jihatdan huquq va majburiyatlarini batafsil yoritib berdi.
Shuningdek tadbir davomida Buxoro viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash mas’ul xodimi X.Saidov so’zga chiqib noqonuniy diniy ta’lim berishning jinoiy javobgarlikda tortilishi, hamda uning salbiy oqibatlari xususida talabalarga yo’l-yo’riq, tavsiyalar berdi.
DXX xodimi Z.Qurbonova so’zga chiqib mamlakatimizda kiyinish madaniyatini keng targ’ib qilish, milliy liboslar uyg’unligiga alohida e’tibor berish, hamda milliylik an’analarini saqlab qolishga barchani chorladi. Suhbat davomida barcha tadbir qatnashchilari o’zlari uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Izoh qoldirish