«Arab tilini o‘rganinglar, chunki u aqlni mustahkamlaydi, muruvvatni oshiradi». Umar ibn Xattob (r.a)
«Arab tilini o‘rganinglar, chunki u aqlni mustahkamlaydi,
muruvvatni oshiradi». Umar ibn Xattob (r.a)
Agar biz nahv ilmi tarixiga nazar tashlasak, ajoyib bir voqea, yaʼni Hazrati Ali roziyallohu anhuning bu ilm asoschisi ekaniga guvoh boʻlamiz.
Rivoyat qilishlaricha, Hazrati Ali roziyallohu anhu bir qorining:
(أنَّ اللهَ بَرِيءٌ من المُشْرِكِينَ و رَسُولُهُ)
“Alloh va Uning Rasuli mushriklardan bezordir" ( Tavba surasi, 3-oyat)
oyatidagi رَسُولُهُ sòzini رَسُولِهِ deb òqiganini eshitib, qattiq taʼsirlanadilar. Chunki bu holda oyat mazmuni
“Alloh mushriklardan va O'z rasulidan bezordir” boʻlib qolar edi. Shundan keyin Hazrati Ali oʻsha zamonning donishmandlaridan Abul Asvad ad-Dualiyni chaqirib, musulmonlarga Qur'oni Karimni toʻgʻri oʻqib, toʻgʻri tushunishlariga yordam beradigan qoida va yoʻriqlarni ishlab chiqish vazifasini topshiradilar va: “Masalan, bunday boshlagin
الكلمة اسم أو فعل أو حرف و نحوه
" Soʻz ism yo feʼl, yo harf boʻladi va hokazo”, deydilar. Abul Asvad oʻsha “hokazo"-نحوه sòzini ishlab chiqqaan va oʻshandan beri arab tilining qonun-qoidalari ilmi " النحو - An nahv” deb yuritiladi.
Mahmud Zamaxshariyning "al-Unmuzaj" asaridan.
Jòybori Kalon ta'lim muassasasi nahv fani òqituvchisi.
Amonova Sitora.
Izoh qoldirish