“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostidagi “Mustaqillik darsi”
2023 yil 4 sentabr kuni Buxoro shahar “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Mustaqillik bayrami” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Tadbirni chiqish so‘zi orqali muassasa direktori A. Inoyatov ochib berdilar.
Davlat madhiyasi yangragach tadbirda taklif etilgan faxriy mehmonlar M.Oripova hamda O.Mahmudova so‘zga chiqdilar. M.Oripova talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab muvaffaqiyatlar tiladilar. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Halimova va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i I.Usta-Alimova talabalarni o‘qish jarayonining boshlanish bosqichini xayrli bo‘lishini tilab madrasa talabalarini ruhlantirdilar.
Puxta ssenariy asosida tayyorgarlik ko‘rilgan dars ta’lim muasasassi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i I.Usta-Alimova tomonidan tashkillashtirildi hamda o‘qituvchi X.Hayotova tomonidan mustaqillik darsi o‘tildi.
Ushbu dars an’anaviy tarzda Vatanimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” mavzusida: “Bu mustaqillika erishish uchun ne-ne mashaqqatlar orqali erishilganligini hech qachon unutmasligimiz lozim, deb ta’kidlandi. Mana mustaqillik tufayli barcha sohalar kabi islom diniga bo‘lgan e’tibor tobora oshishi ota-bobolarimizning orzu umidlarini amalga oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ishlarining davom qildirayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ham tashabbuslari bilan diniy-ma’rifiy sohaga e’tibor tobora kuchuyayotgani insonga g‘urur va iftixor bag‘shida qiladi. Mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga e’tiborlari zamirida biz bilim olish, ibodatlarimizni bajarish, dinimizni o‘rganish sharafiga muyassarmiz. Hammamiz shularning qadriga yetib, Mustaqil mamlakatimizning 32 yillik rivojlanish, taraqqiyot, farovonlik yo‘liga hissa qo‘shish baxtiga muyassarmiz.”,-deb e’tirof etildi. O‘zbekistonimizning buyuk yutug‘i, Mustaqilligimiz haqida nutq so‘zladi. Mustaqillik, istiqlol, hurriyat, hamjihatlik, bag‘rikenglik va teng huquqlilik tushunchalarini ta’riflab berildi. Dars turli o’yinlar asosida tashkillashtirilib talabalarning bilim salohiyatlari o’rganib olindi hamda diniy sohada amalga oshirilib kelayotgan eng muhim islohotlar sanab o‘tildi.
Dars turli o’yinlar asosida tashkillashtirilib talabalarning bilim salohiyatlari o’rganib olindi hamda diniy sohada amalga oshirilib kelayotgan eng muhim islohotlar sanab o‘tildi.
“Bilimlar kuni” hamda, yangi 2023 -2024 o‘quv yili munosabati bilan barcha kurs talabalar tabriklandi.
Izoh qoldirish