QABUL 2023-2024
O‘rta-maxsus diniy ta'lim muassasalariga hujjat qabul qilish muddati bo‘yicha eslatma
✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga 2023-2024 o‘quv yili uchun abiturientlarning hujjatlari offlayn shaklda, ya'ni ta'lim muassasasi qabul hay'ati tomonidan qabul qilinadi.
🏫 O‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida:
2023 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).
Abiturientlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarining qabul hay'atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
📝– ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
🪪 pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
📘– ma'lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
👤– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
🔖– chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma'lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa chet tili bo‘yicha imtihon topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
✅ O‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga yurtimizdagi o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta'lim muassasalarini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul (test sinovi) imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish