07.06.2023

Ilm tanholikda hamroh, xilvatda doʻstdir


Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat boʻladi. Inson qadri ilm bilan hosil boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir. Aytilishicha, ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa, uni tarqatish boshqalarga ham oʻrgatishdir. Shundagina, u insonni haqiqiy ilm tolibi deyish mumkin. Ilm borasida koʻpdan-koʻp hadislar va hikmatlar aytib oʻtilgan boʻlib, bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim ilm yoʻlini tutsa, Alloh uni jannat yoʻliga yoʻllab qoʻyadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishidan  rozi boʻlib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer-osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilatiga oʻxshaydi. Darhaqiqat, ulamolar paygʻambarlarning merosxoʻridir. Paygʻambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, toʻliq nasiba olibdi"- dedilar.
Zero, ilm tanholikda hamroh, xilvatda doʻst, toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi dalil, xursandchilik-u xafachilikda koʻmakchi va jannat yoʻlining merosxoʻridir. Allohni ulugʻlash va taqvo qilish ilm bilan boʻladi. Ilm bilan qarindoshlik, oshna-ogʻaynichilik aloqalari bogʻlanadi, harom bilan halol ajratiladi. Ilmdan bahramand insonlar baxtli, mahrumlar esa baxtsizdir.

Jo'ybori Kalon ayol qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi amaliyotchisi,

BuxDu Filologiya fakulteti Jurnalistika yoʻnalishi 2-kurs talabasi Faridabonu Muxtorova

Izoh qoldirish