“Tuhfat ul-Atfol” va “Matnul Jazariy” xatmonasi
“Albatta, Аllohning kitobi (Qur’on) ni tilovat qiladigan, namozni to’kis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qiladigan zotlar hargiz kasod bo’lmaydigan oldi-sotdi (ya’ni ulardan yaxshi amal va infoq-ehson, Аllohdan ajr mukofot bo’lishi)dan umidvordirlar. Zero, (Olloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va o’z fazlu karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta, U mag’firatli va shukr qilivchi (ozgina yaxshi amal uchun ko’p mukofot ato qiluvchi)dir” (Fotir, 29-30).
Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qiladilar: Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday dedilar: “Qur’onni muhabbat bilan tilovat qiluvchi qori ulug’ farishtalar bilan bir maqomdadir, tili qiynalib tilovat qiluvchiga esa ikki barovar ko’p ajr bo’ladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Agar Qur’on o’quvchi tilovatni mukammal ado etsa va bu ishda bardavom bo’lsa, yuksak darajalarga erishadi, Olloh taolo uni qiyomat kuni payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalar bilan hashr (jamlaydi) qiladi. Qur’oni Karimni o’rganish uchun ko’plab kitoblar ta’sis etilgan, nazmiy va nasriy bayonlari bitilgan. Mana shunday manzumalardan: “Tuhfat ul-Atfol”, “Matnul Jazariy” hamda “Matnush Shotibiy” kabilar shular jumlasidandir.
"Jòybori Kalon" madrasasi 1-2-3-kurs talaba qizlari “Tuhfat ul-Atfol” hamda “Matnul Jazariy” manzumalarni juda qisqa muddat ichida vujuh bilan yodlashga, hukmlarini o’rganishga Alloh taoloning izni bilan muvaffaq bo’lishdi. Hamda joriy yilning 28-may sanasida 45 nafar talab qizlarimiz Alijon qorining zavjalari Marg'uba ustoz tomonidan munosib taqdirlandilar hamda ularga esdalik sovģalari topshirildi. Tadbir so’ngida talabalar va ustozlar haqlariga duo qilindi. Alloh taolodan toliba qizlarimizning olgan ilmlarini barokotli qilishini, ularni Qur’on hofizalaridan, o'z dinining xodimalaridan qilishini, kelgusida kòplab ijoza sohibalari bòlishlarini sòrab qolamiz. Talabalarimizni bunday yutuqlarga erishishlarida jonbozlik kòrsatgan ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.
Ta'lim muassasasi yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'lim boshlig'i I. Usta-Alimova.
Izoh qoldirish