06.04.2023

Aqida va e’tiqod tushunchalari o‘zi nima?

Aqida ilmi islom dinining asosini tashkil etadi. U to'g'ri bo'lmasa, qilingan ibodatlar Alloh dargohida ijobat bo'lmaydi. Bu shuni anglatadi-ki, insonning e’tiqodi dinidagi birinchi darajadagi unsur hisoblanadi. “E’tiqod o‘zi nima” – degan savol endi islomni anglayotgan kishilar tomonidan berilishi tabiiy.  E’tiqod arab tilidagi bir fe’lning o‘zak so‘zi hisoblanib, arab grammatikasida masdardir. 

“Aqd” so‘zi  bog‘lab qo‘yish deganidir. O‘zbek tiliga soddaroq tarjima qilsak lug‘atda bir narsani bog‘lab qo‘yish tushiniladi. Lug‘atdan kelib chiqsak, majozan iymonini bog‘lab qo‘yish, tom ma’noda esa, Alloh Taologa bo‘lgan ishonch tushuniladi. E’tiqodda hech qanday ikkilanish bo‘lishi mumkin emas. Afsuski, aynan shu tushunchani ko‘pchilik avom qatlam yurtdoshlarimiz tushunishmaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Menimcha, Allohga yoki U Zotning buyruqlariga  mana bunday deb ishonish kerak” – degan tushunchada bo‘lish mutlaqo mumkin emas. 

Aqida va e’tiqod tushunchalari umumiy ma’noda, asosan manodosh qo‘llanilib keladi. Xos tushunchalarda esa, e’tiqod qilish deganda yuqorida aytilganidek, Allohga va U Zotning buyruqlariga ishonish tushunilsa, aqida so‘zi orqali qanday e’tiqod qilishni o‘rganadigan ilm tushuniladi. Aqida go'yoki daraxtning tanasi, boshqa ibodatlar esa, uning shoxlaridir. Boshqacha qilib aytganda, aqida ilmi imoratning poydevori kabidir. Iboralardan ko‘zlangan ma’no har bir narsaning asosi demakdir. Asos bo'lmasa yoki u bo'sh bo'lsa, imorat qulab tushganidek, aqida to'g'ri bo'lmasa, qilingan ibodatlar qabul qilinmaydi. 

O‘zbek tilidagi barcha aqida kitoblarida ta’kidlanib kelinadigan Hazrat So‘fi Allohyor bobomizning aqida borasidagi mashhur gaplarining asl ma’nosi ham, boshqa kitoblarda kelgan shu ma’nodagi gaplarning tushunchasi shuni anglatadi-ki, musulmon kishining dindagi tushunchalari Alloh Taolo buyurganiga muvofiq bo‘lmas ekan, u ibodatlar qabul bo‘lmasligi tushuniladi. Bu o‘rinda amallar, uni qanday qilish haqida hech qanday gap yo‘q, bu alohida masala. Bu o‘rindagi maqsad har bir narsaga Alloh Taolo buyurganidak ishonchda bo‘lishda. Demak, barcha narsani asosi uni bardavom bo‘lishi yoki zavolga uchrashini taminlar ekan, dinimizning asosini e’tiqodimiz taminlab berishini tushinish mukin.

 

Ta'lim muassasasi mudarrisasi A.Jamilova

Izoh qoldirish