Internet insonlarning doimiy hamrohi ammo…
Hozirgi kunimizda internet bizning hayotimizning ajralmas bo'lagiga aylanib bormoqda. Ayniqsa raqamlashgan iqtisodga o’tish davrida internetsiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Lekin insonni oýlantiradigan bir jihati borki bu bizni ijtimoiy tarmoqlarga har qanday saviyadagi ma'lumotni joylashimizdan sergak torttiradi. Internetdan foydalanuvchilar 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan insonlar ekanini hisobga olishimiz kerak. Internet katta ummon buni tartiblashning imkoni yo'qdek tuyulishi mumkin albatta lekin bitta inson bo'lsa ham bunga harakat qilmas ekan saviyasiz va sifatsiz ma'lumotlar ko'payib boraveradi. Bu vaziyatimiz xuddi suvni isrof qilmaslik holatiga o'xshaydi. Doimo suvni tejang deyiladi lekin buning imkoni yo'q qanday tejaymiz deyilsa har bir inson suvdan isrof qilmasdan foydalansa, suv tejalishiga hissa qo'shgan bo'ladi.deb javob beriladi. Bundan tashqari muqaddas dinimizda birovlarni aybini oshkora qilish, insonlar obrosini to'kish gunohligi bot bot ta'kidlanadi. Hadisi sharifda: «Kim bir musulmonni aybini berkitsa, Alloh uning aybini qiyomat kuni berkitadi» Buxoriy va Muslim rohimahulloh rivoyat qilganlar. Buhadisdanma'lum bo'ladiki, kimdir bir gunoh ish masalan o'g'rilik qilsa uni suratga olib darrov odamlarga e'lon qilib gunohiga guvohlarni ko'paytirmaslik va xayolida bunday ish qilish fikri yo'qlarga fikr bermaslik kerk. Balki, buning o'rniga unga tavba qilishini nasihat qilish eng birinchi masuliyat hisoblanadi. Yana bir misol maktab o'quvchilari orasida pichoqvozlik sodir etildi degan xabar berilishi va video tasmada uni namoyish qilinishi o'quvchilarga pichoqvozlikdan qaytish o'rniga jalb qilish bo'ladi. Psixologik kuzatuvlardan ma'lumki inson nimadan man qilinsa shu narsaga qiziqib boraveradi. Hozirgi kunda biz qabul qilayotgan ma'lumotlarning aksari falonchi falonchi bilan urushibti, falonchi falonchiga bunday depti degandan nariga o'tmay qoldi. Yoki oynai jahon orqali efirga uzatilayotgan filmlar, multfilmlarda ham insonning yetti uxlab tushiga ham kirmagan firb ishlar, aldovlardan iborat bo'lib qoldi. Natijada tomoshabinlarimiz u ishlarni qilish yaxshilikka olib kelmasligini tushunish o'rniga mana shunday qilib odamlarni aldasa ham bo'lar ekan deb ulardek ish qilishga taqlid qilishmoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz kerakki har bir shaxs ma’lumot qabul qilish ko’nikmasini o’rganish bilan birga taqdim etayotgan ma’lumotiga ham e’tiborli bo’lsin. Hadisi sharifda :”kishining eshitgan gapini gapiraverishi uning yolgo’nchi ekanini bildiradi” deb marhamat qilinadi.
“Jo’ybori kalon “ o’rta-maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi Dilovar Sultonova
Izoh qoldirish