ILM-INSON ZIYNATI
Bismillahir rohmanir rohiym. Alloh taologa hamd va sanolar, Nabiy alayhissalomga dur-u salomlar bo'lsin. Ilm eng katta boylikdir, u dengiz kabidir, insonning qalbini halovatga to'ldiradi.
Sharq donishmandlari aytganlaridek, “Eng katta boylik- bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros- yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik- bu bilimsizlikdir.”
Ilk kalom Alaq surasining besh oyati edi: “(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan Zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli Zotdir. U insonga qalam bilan(yozishni) o‘rgatgan Zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi”. Ilk da’vatdayoq ushbu oyatlarning nozil qilinishi hayron qoladigan mo‘’jizadir.
Sharqda azaldan kitob ko’rgan odamlarning ilmi va amali bir bo’lgan. Buyuk alloma Mahmud az-Zamaxshariy “Ey inson farzandi sen ilmli va odobli bo’l. Ilm va odob senga mushfiq otangdek bo’lsin” degan edi.
Ilm-ma’rifat, odob-axloq masalasi kishilik jamiyatida, bashariyat hayotida hamisha alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Xalqimiz qadimdan elning ilmli kishilariga ishongan, ularga ergashgan. Misol uchun, Islom dini bizning mintaqamizda 725-730-yillarda mahalliy aholi tomonidan qabul qilindi. Birinchi galda ilmli kishilar din bilan tanishib, Qur’oni Karimni o’qib, hadislarni o’rganib, bu nafaqat muqaddas din, balki buyuk ta’limot ekanini o’z vaqtida to’g’ri anglashdi, xalqqa ham to’g’ri tushuntira olishdi. Ziyoli, ma’rifatli insonlar imon keltirishgachgina el-ulus ham Islomni qabul qildi. Bizning baxtimiz shundaki, ilmli ajdodlarimiz haq yo’lni tanlay bilishdi.
“Eng yaxshi ibodat ilm olmoqlikdir” deyiladi hadisi sharifda. Demakki ilm olmoq ibodat darajasida ulug’langan.
Har bir mo’min kishi u kim bo’lishidan qat’iy nazar, professormi, tadbirkormi, dehqonmi yuragining bir burchida “Menga ham jannat nasib bo’larmikan” degan o’y bilan yashaydi. Hadislardan birida “ Hamma narsaning bir yo’li bor. Jannatga yo’l ilm olish bilan egallanadi” deyiladi. Garchi hayotning turli jabhalarida faoliyat yuritsa-da ilmga tashnalidi, kitobga mehri bo’lgan, albatta, solih kishidir.
Yana bir o’rinda “Islom-bu ilmdir“ deyiladiki, bunda faqatgina diniy bilimlar nazarda tutilmaydi. Ezgulikka boshlovchi hamma ilmlarni o’rganmoq farzdir.
Alohida faxr bilan aytish kerakki, musulmon olamida dastlabki madrasalar bizda ochilgan. Ularni o’z davrining universitetlari darajasida tushunish kerak. Chunki madrasada diniy ta’limot bilan birga, tarix, falsafa, astranomiya, tabobat haqidagi dunyoviy fanlar ham o’qitilgan. Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Nasaf kabi qadimiy shaharlarimizda ana shunday ziyo maskanlari bo’lgan. Shu o’rinda amir Xolid ibn Ahmad Zuhliy va imom al-Buxoriy o’rtasida yuz bergan voqeani eslashni lozim toptim. Imom Buxoriy uzoq yillik safardan so’ng ona yurtiga qaytgach o’z hisobidan kata rabot, zamonaviy tilde aytganda kata majmua qurdiradi. Uning tarkibida madrasa, masjid, oshxona, mehmonlar uchun turar joy kabi binolar bo’ladi. Shu qurilishda hazratning o’zlari ham bevosita qatnashadi. Shu jarayonda amir Xolid ibn Ahad Zuhliy vakilini yuborib, Imomdan huzuriga kelishini so’raydi. O’sha kunlarda allomadan hadis eshitaman deb keladiganlarning oxiri yo’q edi. Bu yoqda qurilish avjida. Xullas, Buxoriy borolmasligini, agar amir istasa kelishini, unga bajonu dil saboq berajagini aytadi. Ammo o’rtadagi vakillar bu javobni juda qo’pol tarzda amirga yetkazishadi. Biroz vaqt o’tgach, Ahmad Zuhliy yana vakil jo’natib, farzandlariga alohida ilm berishini so’raydi. Ammo Buxoriy har bir inson kim bo’lishidan qat’iy nazar, ilm olishga teng haqli ekanini chiroyli tushuntiradi va taklifni rad etadi. Buni qarangki, o’rtadagi vakillar yana qo’shib-chatib amirga javobni yetkazishadi. Shundan so’ng Buxoriyda qarshi fitnalar boshlanadi. Shu voqea ham al-Buxoriy fe’lidagi moddiyatdan ko’ra ma’naviyatni ustun qo’yish, xalq manfaati oldida xudbinlik qilmaslik kabi fazilatlarni ko’rsatadi.
Озода талаба, [27.04.2023 12:15]
Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni yodlab olish esa bir san’atdir.
“Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlikdan kelin chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdir. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan ayol har yerda izzat topadi. Ilm-ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishida adashmaydi.”-deya Yusuf Xos Xojib o’zining ilm xususidagi fikrini yaqqol bayon etgan.
Quyida ilm to’g’risidagi hadislar ham buning isboti bo’la oladi:
Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir;
Beshikdan qabrgacha ilm ista;
Bir soatgina ilm o’rganish, bir kechalik ilm o’rganishdan yaxshidir;
Qaysi bir olimning ilmidan so’ralganda qizg’anib gapirib bermasa, qiyomatda og’ziga o’tdan yugan solib qo’yiladi;
Avvalo, olim bo’l. loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilmi ulamolarni sevuvchi bo’lgin;
Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o’rganib, so’ng boshqa musulmon birodarlariga ham o’rgatishidir;
Ilm ibodatdan afzal.
Bir so’z bilan aytganda, ilm insonning haqiqiy ziynati ekaniga hech shubha yo’q.
Ta'lim muassasasi o'qituvchisi M.Bozorova
Izoh qoldirish