13.04.2023

QONUN USTUVORLIGI – HUQUQIY DЕMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI QURISHNING ASOSI

«Qonunustuvorliginita'minlash, shaxs, oila, jamiyat vadavlatninghuquq va mafaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholininghuquqiy madniyati vaongini oshirish, fuqarolarni qonungabo’ysunish vahurmat ruxida tarbiyalash – bu rivojlangan bozoriqtisodiyotigaasoslanganchinakamdеmokratik, huquqiy davlatva erkin fuqarolik jamiyatiqurishningnafaqat maqsadi, balkiuning vositasi, engmuhim sharti hisoblanadi ».

Inson manfaatlari yuksak bo‘lgan va qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat fuqarolik jamiyati sifatida e’tirof etiladi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining eng asosiy belgilaridan biri ham davlatda qonunning ustuvor bo‘lishi va ularning inson manfaatlariga xizmat qilishidir. Shu bois, qaysi jamiyatda qonunlar ustuvor bo‘lsa hamda inson manfaatlariga xizmat qilsa o‘sha jamiyatda farovonlik hukm suradi va insonlarda hayotdan rozilik alomatlari yuksaladi.

Islom dini davlatning ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi umuminsoniy qonunlari, tartib-qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Chunki qonun-qoidalar xalq va jamiyat manfaatlarini ko‘zlaydi. Ularga amal qilish mamlakat taraqqiyoti va odamlar hayotining farovonlashuviga olib keladi. Qonun hujjatlari inson, jamiyat va davlatning haq-huquqlarining himoya qilinishini ta’minlaydi. Ushbu huquqlar buzilishining oldini oladi.

Qur’oni karimda: “Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qilingiz, payg‘ambarga itoat qilingiz hamda o‘zingizdan bo‘lgan ish egalariga (ya’ni rahbarlarga) itoat qilingiz” (Niso surasi 59-oyat) deyilgan. Rasululloh alayhissalom dedilar: “Kim menga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi va kim menga itoatsizlik qilsa, demak, Allohga itoatsiz bo‘libdi. Kim rahbariga itoat etsa, demak, menga itoat etibdi va kim rahbariga itoatsiz bo‘lsa, demak, menga itoatsiz bo‘libdi”.

Voiz Koshifiy davlat qonun-qoidalar asosida boshqarilishini aytib: “Agar tarbiya va jazo haqidagi qonunlar bo‘lmasa, davlat faoliyati buziladi va inson huquqlari poymol bo‘ladi”, degan. Hozirda dunyoning barcha davlatlari, xususan arab-musulmon mamlakatlari ham qonun-qoidalar asosida boshqariladi. Davlat fuqarolari uning qonun-qoidalariga bo‘ysunishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga hamda insonlar hayot tarzining yuksalishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, inson manfaatlari va jamiyat farovonligi uchun qabul qilinayotgan qonun-qoidalarga hammaning birdek amal qilishi bugungi kunning eng muhim vazifalaridan sanaladi.

M'naviyat inson ruxiyatida voqе bo’ladi. Shuning uchun u avvalo, alohida olingan inson bilan bog’liq tushuncha. Ammo inson jamiyatdan ajralmas bo’lib, jamiyatdan tashqarida o’z insonlik mohiyatini yo’qotar ekan, ma'naviyat insonni o’zga odamlarga, jamiyatga, butn borlikka daxldor qiladi. Shu jihatdan ma'naviyat ijtimoiy mazmun kasb etadi. «Inson o’zini xalqning bir zarrasi dеb sеzgandagina, u haqda o’ylab, mеhnat qilib yashagandagina , ma'naviyat bilan tutashadi».

“Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar o’rta maxsus  islom ta'lim muassasasi o‘qituvchisi  Sultonova Dilovar

Izoh qoldirish

Izohlar