“Jihod” qachon farz bo`ladi.
Muqaddas islom dinini niqob qilib olib, boshqa ko`chalarga kirib ketayotgan johil kimsalar, bir narsani tushunmaydi, yoki tushunishni istamaydi. Islom faqat nurli hayotga, ilm ma`rifatga yaxshilikkka undaydi. Xech qachon xunrezlik, qotillik, zo`ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g`oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo`lish bu O`zbekiston xalqiga mutloqo to`g`ri kelmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev.
Hozirgi kunda dinni yaxshi tushunmaslik va ilmsizlik oqibatida chet ellarga “jihod “ qilish maqsadida ketayotgan insonlar yo`q emas. Ularning kopchiligini yoshlar tashkil qilishi esa achinarli holatdir . Shu sabab jihod haqida qisqacha malumot bermoqchimiz.
“Jihod” so`zi arab tilidan tarjima qilinganda “g`ayrat qilmoq”, “harakat qilmoq”, “intilmoq”, “zo`r bermoq”, “bor kuchini sarflamoq”, “kurashmoq”, “mehnat qilmoq” kabi ma`nolarni ifodalaydi.
Islom dini ta`limotining istilohida jihod asosan uch xildir:
1.Nafsga qarshi jihod qilish
2.Shaytonga qarshi jihod qilish.
3. Bosqinchilar bilan jang qilish.
Shu o`rinda savol paydo bo`ladi. ” Qur`oni karimda jihod qilishga targ`ib qiluvchi oyatlar kelgan, buni qanday tushunsa bo`ladi?”
Bunga javob-- Qur`oni karimda jihot haqida “qotl” ya`ni “boshqa insonni zulman o`ldirish” lafzi emas “qitol ” lafzi ishlatilgan. Bu lafz esa bir insonni nohaqdan o`ldirish, unga xujum qilish haqida emas, balki o`ziga qarshi xujum qilayotgan, zulm qilayotgan insonga qarshi kurashishni anglatadi.
Jihodning sababi-- musulmonlarga qarshi urush qilganlarga qarshi himoyalanishdir.
Musulmonlar o`zlariga qarshi urush qilmaganlar bilan jang qilmaydilar, o`zlariga tajovuz qilmagan biror kishiga tajovuz qilmaydilar.
Xususan, Qur`oni karimning Haj surasi 39-oyatida Alloh ta`olo shunday marhamat qiladi:
“O`zlariga qarshi urush ochilganlarga, ularga zulm qilingani uchun, urushga izn berildi. Albatta Alloh ularga nusrat berishga o`ta qodirdir.”
Ya`ni qachonki , o`z yurtiga , tichligiga qarshi boshqa birov tomonidan urush qilinsagina, ularga qarshi himoyalanish uchun, jang qulishga ruxsat berildi.
Vaholanki, islom dinining ilk yillarida Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vassallam 13 yil mobaynida arab mushriklarini islom diniga da`vat qildilar.
Ulardan ancha aziyatlar ko`rdilar, biroq, Alloh musulmonlarga urush qilishga izn bermadi. Qachonki, bu aziyatlar xaddan tashqari, chidab bo`lmas holatga kelgach, Alloh ushbu oyatni nozil qilish ila musulmonlarga mushriklarga qarshi himaoyalanish uchun jihod qilishga ruxsat berdi.
Jo`ybori Kalon ayol-qizlar islom
ta`lim muassasasi 3-kurs talabasi N. Nazirova
Izoh qoldirish