09.03.2023

Ilm olish, ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga chiqib ketish oqibatida noxolis kimsalarning aldovlariga tushib qolish.

Bugungi kunda insonlarning xorijga chiqib ishlashi, ta'lim olishi, istiqomat qilishi dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelmoqda. Chet elga borishni xohlovchilarning asosiy qismi noqonuniy yo'llar bilan chiqib ketishni o'zlariga afzal ko'rishmoqda. Natijada turli qiyinchiliklar, muammolarga duch kelmoqda. Umrida mahallasidan tashqariga chiqmagan odamlar kimlarningdir aldovi, yolg'oniga uchib, bor-budini sotib, katta pul bilan chet elga ketmoqda. U yerda esa tilni va yo'l-yo'riqlarni bilmasligi, eng muhimi, noqonuniy ravishda kelganligi va huquqiy himoyasiz bo'lganligi uchun qul sifatida ishlatilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, ayrim yurtdoshlarimiz soddaliklari tufayli odam savdogarlarining o'ljasiga aylanib qolganliklarini juda kech anglab tushunib yetmoqdalar. Yana bir eng tashvishli holatlardan biri, chet elga noqonuniy tarzda ishga chiqayotgan shaxslarning ko'pchiligi yuqorida ta'kidlangan yigirma birinchi asrning transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turidan biri – xalqaro terrorizm va din niqobi ostidagi zo'ravonlik ruhi, kuch ishlatish, ya'ni ekstremistik, fundamentalistik, separatistik xurujlar vakillarining tuzog'iga tushib, adashib ketishmoqda. Bunday mudhish holatlar nafaqat Islom ta'limotiga, balki Alloh taoloning qazoi qadariga ham tug'yon qilish, unga qarshi borish demakdir. Nafsiga qul odamfurushlardan ogoh bo'laylik, inson qadri toptalmasin.  
    Musulmon inson boshqa yurtlarga borib ular bilan yashashi, ta'lim olishi, ishlashida qanday odoblarga rioya qilishi kerak bo'ladi? Ulamolarimiz bu to'g'risida Qur'ondan, hadisdan o'qib, o'rgana boshladilar. Shunga ko'ra borishlari joiz bo'lishi uchun ba'zi shartalarni qo'ydilar:
• Ishlaydimi, o'qiydimi, eng asosiysi, diniga zarar yetmasligi, iymoniga putur yetmasligi, ibodatidan ayrilmasligi, odob-axloqidan, urf-odatidan, xalqidan ayrilmasligi lozim.
• Xorijga chiqqanida qanday ish qiladi-yu, qanday foyda oladi, foydani ko'zlashi lozim. Borganidan so'ng o'zi turgan joyga nisbatan ko'proq foyda olsa borilsin.
• Albatta ota-onasidan ruxsat va duo olib chiqsin. 
• Bir tarafda bir narsaning zararini daf qilish, yana bir tarafda foyda qilish turgan bo'lsa, ikkovidan zararni daf qilishni tanlashi lozim.
• Har bir ishni shar'iy odoblar orqali hal qilish lozim.
• Oilasi, kelajagi, xalqiga zarar yetib qolmasligini o'ylashi lozim.
    Ma’rifatli, saodatli bo‘lib, jaholatga qarshi o‘z ilmi bilan kurashganlar oramizda minglab topiladi. Muxtasar kilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirib borish zarur.

3-kurs talabasi Xosilova Ominaxon

 

Tayyorladi: "Jo'ybori Kalon" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 3-kurs talabasi Xosilova Ominaxon

Mas'ul Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i     I.Usta Alimova
 

 

Izoh qoldirish