Terrorizm o'zi nima?
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi o'rtasida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usuli hisoblanadi. U yashirin ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladigan siyosiy jarayondir. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Va dinni yomon qilib ko'rsatishadi.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʻravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo'ravonlik kuchi bilan olishga intilishadi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam boʻldi. Va bu o'z Vatanimizning yanada farovon va tinch bo'lishlari uchun ulkan xizmat qiladi.
Terrorizm o'zi nima?
Terrorizm so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, “qoʻrqitish”, “vahimaga solish” degan ma'noni anglatadi. Va bu aholining keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qoʻporuvchilik sifatida namoyon boʻlmoqda.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar. Va bu albatta dinning rivojiga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu tashkilotlarning faoliyati juda ham ko'p insonlarni yo'ldan adashtirishga sabab bo'lib qolyapti. Shu jihatdan, jamiyat oqsayotgan bu narsalardan o'zlarini asrash va bu harakatlardan ogoh bo'lish maqsadida ular o'rtasida bu mavzularda ogohlantirishlar olib boriladi. Albatta, mo'minning oynasi deyilgani kabi har bir kishi o'z atrofida bo'layotgan bu hodisalardan ogoh bo'lib turishi va o'zini ham, oilasi va jamiyatni ham asrash uchun harakat qilmog'i lozim.
Ta'lim muassasasi 3-kurs talabasi Sattorova Ozoda
Izoh qoldirish