Qur’on senga yoki sening ziddingga dalildir!
“ القرآن حجة لك أو عليك “
Qur’on senga yoki sening ziddingga dalildir!
أخرجه الإمام مسلم في صحيحه عن أبى مالك الأشعري رضي الله تعالى عنه، يقول صلى الله عليه وسلم: "والقرآن حجة لك أو عليك…"
Imom Muslimning “Sahih”larida Abu Molik Ash'ariy rodiyallohu anhudan keltiriladi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qur'on sen uchun yoki senga qarshi dalildir", dedilar.
Imom Navaviy rohimahulloh hadis sharhida: “Hadisning ma’nosi ochiqdir, Qur’on o‘qib, unga amal qilsangiz, foydangizga, aksi boʻlsa sizga qarshi dalil boʻladi”.
Imom Munaviy aytadilar: “Qur’on sizlar uchun dalil bo‘ladi va agar unga amal qilsangiz, najotga dalolat qiladi.
Agar yuz o'girsangiz, sizga qarshi bo'lib, yomon oqibatlarga olib keladi.”
Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:
وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُوا۟ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ مَهْجُورًا
Va Payg‘ambar: “Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qurʼonni tark etdilar”, dedi. (Furqon, 30)
Bu oyat tafsirida Imom ibn Javziy rohimahulloh: “Kimda Mus’haf bo‘lsa, Qur’onni hajr (tark) qilganlardan bo‘lmaslik uchun uni hatto bir necha oyat bo‘lsa ham har kuni o‘qisin”, dedilar.
Va ba’zi boshqa ulamolar fikrga koʻra Qur’onni hijr qilganlardan boʻlmaslik uchun eng kamida har 40kunda bir yoki yiliga ikki marta xatm qilish lozim.
•3-kurs talabasi tayyorladi.
@juyborikalon🕊
Izoh qoldirish