Alisher Navoiy
Alisher Navoiy
O‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan.
Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan ham shug‘ullangan. Shoir o‘zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bilimdoni sifatida shuhrat qozonadi. O‘zbek tilidagi she'rlarida "Navoiy" ("navo" - kuy so‘zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan "Foniy" ("fano" - vaqtincha, o‘tkinchi so‘zidan) va ba’zan "Navoiy" taxallusini qo‘llaydi. Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000ga yaqin misrani tashkil etadi.
***
Jonimdogi «jim» ikki dolingga fido,
Anding song «alif» toza niholingga fido,
«Nun»i dogi anbarin hilolingga fido,
Qolgon iki nuqta ikki xolingga fido.
Shoir ijodining yuksak choqqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bolib, turkiy tilda toliq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday kolamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bolsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostonida, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi”da, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.
Izoh qoldirish