20.02.2023

Olim va solihlarning boylardan o’zini behojat sanashlari dinning eʼzozidir.

Olim va solihlarning boylardan o’zini behojat sanashlari dinning eʼzozidir.

 Bu ish riyo bilan qilingan bo’lsa ham, savobdan holi emas.Olim va solih kishilarning boylar oldida behojatlik izhor qilishlari dinning eng muhim zaruratidir. Mana shu boʻlmasa, ulamoning gapi omma odamlarga taʼsir qilmaydi. Xalq olimlarni oʻziga muhtoj deb bilsa, ulardan foyda ham ola olmaydi. Shuning uchun dilida ixlosi yoʻq kishi ham xoʻjakoʻrsinga, riyoga boʻlsa ham, boylar oldida behojatligini izhor qilsin. Bu ham foydadan holi emas. Toʻgʻri, bu ish riyo sababidan qilingani uchun unga savob berilmaydi. Lekin bu ish dinning ulugʻlanishiga sabab va vosita boʻladi, kishi dinni ulugʻlagani uchun savob oladi, chunki solih bir amalga niyatsiz yoki buzuq niyat bilan sabab boʻlib qolishning savobi ham zoye boʻlmaydi, unga har qanday holda savob beriladi.

Hadisda shunday deyilgan :

عن النبي صلى الله عليم وسلم قال: 

ما من مسلم يغرس غرسا أو يضرع زرعا 

فيأكل منه طير أو إنسان أو بهيمة إلا كان له به صدقة

Nabiy s.a.v : "Qay bir musulmon bir ko'chat eksa yoki biror ziroat qilsa, so'ng undan qushmi, insonmi, hayvonmi yesa, uning uchun bundan sadaqa hosil bo'ladi", deganlar.

Holbuki, daraxt ekayotgan kishi "Jonivorlar  ham kelib yesin", degan niyat qilgan bo'lmaydi, balki uning aksini, ya'ni biror jonivor kelsa, uni haydashni niyat qilgan bo'ladi. Shunday bo'lsa-da,jonivorning o'sha mevadan foydalanishiga sabab bo'lgani uchun savob olaveradi. Xuddi shuningdek, riyokorlik bilan (soxta) bo'lsa ham o'zini behojat ko'rsatgan kishiga dinni ulug'lashga sabab bo'lishning savobi beriladi.

 

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy r.h suhbatlaridan tayyorlandi.

Tuzuvchi: Amonova Sitora.

Tuzuvchi:  Ta'lim muassasasi o'qituvchisi                     Amonova Sitora

Izoh qoldirish