30.01.2023

Fotima bint Muhammad Samarqandiy


U hanafiy mazhabida taniqli olima, faqiha, xattot Namangan viloyatidagi Kosonsoy tumanida tug`ulganlar. Ilmni o`sha davrning obro`li faqih olimi bo`lgan otasi Alouddin samarqandiydan ta`lim olganlar. Otasining “Tuhfatul fuqaho” kitobini yoddan bilganlar. Otalari biror masalaga fatvo bermoqchi bo`lsalar qizlariga ko`rsatmasdan javob bermaganlar.

Otasi uni o`zining shogirdi Alouddin Kosoniyga turmushga berganlar. Ba`zilar “Tuhfani unga sharhlatib, qizini o`shanga berdi” der edilar. Sababi Alouddin Samarqandiyning “Tuhfatul fuqaho” kitobi bor bo`lib, uni shogirdi 8 jildlik qilib sharh yozganlar va “Badoius sanoi” deb nomlaganlar. Kitobni ko`rgan ustozlari qizlarini nikohlab berganlar. Nikohdan keyin Fotima turmush o`rtog`i bilan birga Halabga ko`chib o`tganlar. U yerda ularga Salohiddin Ayyubiyning yaqinlaridan bo`lgan Nuriddin Zankiy homiylik qilgan. O`sha davr tarixchilari yozishicha, ko`pincha fatvoni mohir xattot bo`lgan Fotima o`zi yozgan va muhr qo`yish uchun Kosoniyga topshirgan. Halab  tarixchisi Ibn al-Adim yozishicha, Fotima bilaguzugini sotib talabalarga o`z hisobidan iftor qilib berganlar va bu udum haligacha davom etib kelmoqda.

581 hijriy yilda Halabda vafot qildilar. Qabrlari Ibrohim Xalil jome` masjidi oldidagi qabristonda. Kosoniy rahmatullohu alay vaot rtgunlaricha har jum`a kuni uning ziyoratiga kelib turganlar. Keyinchalik u kishi ham vafotlaridan so`ng shu yerga dafn qilinganlar

 

 

“Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar 
o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi
o'qituvchisi M.Mirzayeva

 

Izoh qoldirish