25.01.2023

Qoyravoniylik Xadicha

Xadicha Qayravoniy Tanuxiy Marokashdagi Imom Molik mazhabining bayroqdori Imom Sahnunning qizi boʻlib, hijriy 240-yilda turmush qurmay vafot etguniga qadar oʻzini ilm va saboq berishga bagʻishlagan.

Qozi Iyoz o‘zining “Tartib al-Madarik” kitobida u haqida shunday deydi: “Xadicha aqli raso, ilmli, fidoyi va dindor edilar. Otalari u kishini juda yaxshi ko`rar va muhim ishlarida undan maslahat so`rar edilar. Hatto bir masalaga hukm chiqarmoqchi bo`lsalar, qizlarini fikrini bilmasdan turib unga hukm aytmas edilar. Otalari vafotidan keyin  inisi Muhammad ham bu ishni takrorlagan.

Qoyravoniy Xadicha o‘zining zukkoligidan tashqari, Qozi Ayyoz aytganidek, buyuk olima sifati bilan ham sifatlangan, hamda o‘z davrining ayollari diniy masalalar va muammoli ishlari haqida u kishidan fatvolar so`rashar edi.


 

[1] Tunis shahridan 160 km uzoqlikda joylashgan Tunis davlati viloyatlaridan biri.

“Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar 
o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi
o'qituvchisi M.Mirzayeva

Izoh qoldirish