24.01.2023

Birinchi muallima Ash-Shifa

 Abdulloh qizi  Shifo xonim[1]... Islomdagi ayollar uchun muhim namuna. Sababi u islomdagi birinchi ayol ustoz boʻlganlar. Imom Ibn Hajar oʻzlarining “Al-Isaba fi tamayez as-sahoba” kitobida uni “donishmand va donolardan biri” deb taʼriflaganlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uni ehtirom qilar edilar, shuning uchun unga Madinadagi Al-Hakkakin  degan joyda bir hovlini ajratib berdilar. U kishi o'g'li Sulaymon bilan birga o`sha yerda yashadi. Arablarda yozishni biladiganlar soni kam bo‘lgan bir davrda u kishi arab tilida yoza olar edi. Shu sabab u kishi Islomdagi birinchi ayol muallima bo‘lgan, u kishidan ta’lim olganlar orasida Hafsa onamiz ham bor edilar. Saodat asrida teri kasalliklarini davolash borasida o`ta mohir tabib (dermatolog) edilar. Hijriy 20-yil (melodiy 640) Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifaligi paytida vafot etdilar. 


 

[1] U Layla binti Abdulloh Al-Adaviyya Al-Qurashiy bo'lib, birinchi muhojir ayollardan hisoblanadi, Makkada islomdan oldin kasallarni davolagani uchun ash-Shifo deb atalgan va bu nom bilan shuhrat qozongan.

“Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar 
o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi
o'qituvchisi M.Mirzayeva

Izoh qoldirish