23.01.2023

Mo'minlarning onasi Oisha onamiz

Fiqhdan dars bergan faqiha ayollar.. katta olimlarga ta`lim bergan 9 ayol

 Ayollar Islom sivilizatsiyasida katta o'rin egallagan hamda bir qancha davrlarda erkaklar bilan barcha sohalarda raqobatlasha olgan yoki hayotning turli jabhalarida yonma-yon ishtirok etgan.

Hatto islom tarixida ismlari mashhur bo`lgan, katta faqih ulamolardan bir qanchasi ularning qo`llarida shogird bo`lgan faqiha ayollar juda ko`p bo`lgan. 

Bugun biz diniy ilmlarni boyitishda katta ta’sir ko‘rsatgan va o‘z davrining buyuk allomalari ulardan ilm olgan ba’zi olima ayollarning tarjimai hollarini havola qilamiz

Mo'minlarning onasi Oisha onamiz

Faqiha ayollardan birinchi bo‘lib erkaklarga ta’lim bergan mo‘minlar onasi Oisha onamizdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan so`ng Sahobai kiromlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Diningizni yarmini bu qizil yuzli xonimdan olinglar” degan vasiyatlariga ko‘ra, u kishidan ilm o`rganar va savollar so`rab murojaat qilishar edilar. Ba`zi sahobalar u kishidan tinimsiz xabar olib turishar edi. Ulug' sahoba Abu Muso al-Ash'ariy bu haqda shunday der edilar: "Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarida biron bir bilmagan narsa chiqib  qolsa, Oisha onamizdan so`rasak, bu haqda albatta ma`lumot topar edik”. Oisha onamizdan jami 2210 ta hadis rivoyat qilingan. Shu bilan birga islomdagi birinchi mujtahid sahobiy ayol ekanligini ham unutmasligimiz lozim. Misol qilib ayollarga xos masalalarda; ayollar odatining eng kami 3 kun bo`lishi, oq rangdan boshqa har qanday rang hayzdan hisoblanishi, hijob masalasida boshni yopib turadigan yopinchiq soch o`rami va badanni bildirmaydigan darajada qalin bo`lishi, ayollarning xina bilan bezanishi borasidagi ijtihodlari, to`rt rakatli farz namozlarda so`ngi ikki rakatida (uchinchi, to`rtinchi) “Fotiha” surasini o`qish lozim, degan ijtihodlarini keltirishimiz mumkin. 

“Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar 
o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi
o'qituvchisi M.Mirzayeva

Izoh qoldirish