04.01.2023

VAQT ISROFI ...

Inson dunyoga bir marta kelar ekan, o'ziga berilgan o'lchovli hayotni yashab o'tadi. Hayoti davomida vaqtdan unumli foydalanmagan inson yutqazadi. Zero, o'tkinchi dunyoda ko'p narsani ortga qaytarish mumkin, ammo vaqtni, uni bir lahzasiniyam ortga qaytarib bo'lmaydi.

O'tgan asrlar oxirida misrlik olim Nobel mukofoti sovrindori doktor  Muhammad degan olim bo'lgan ekan. Olimning ixtirosi bir soniyani 1000 qismga taqsimlab, isbotlab bergan edi. Bir sekundning 1000 ga bo'linishi vaqtning uzayishi, cho'zilishi deyiladi. Bu esa islom ta'limotida "Basti zamon va makon" (vaqtning uzayishi va kengayishi) ta'limoti orqali o'rganiladi.

Masalan ba'zi zotlar bor, bugungi kunimizdayam u zotlar ham biz kabi oilali, ro'zg'orli, qavm-qarindoshli, to'y-marosimli bo'lishgan. Ijodlariga nazar solsak, aql ko'tara olmaydi.

Ammo, doim naql aqlning ustida turadi. Ya'ni, Alloh taolo har bir narsaga qodir ! 

Birovning vaqtini to'xtatib qo'yishga yoki cho'zib yuborishga qodir Zotdir.

Alisher Navoiy Mulla Jomiy hazratlari haqida shunday degan ekanlar, u zot bir kechada bir kitob yozar edilar. Odamlar esa u kitobni oylab o'qir edi.

Alloh taolo Mulla Jomiy hazratlarini bir kechalarini odamlar hisobidagi oylar miqdoriga cho'zib qo'ygandi.

Ba'zi bir umr sohiblari  50, 60 yil umr ko'radi. Ular vaqtlarini to'g'ri taqsim qilib unumli foydalanib borganlari sababli Alloh taolo 50, 60 yillik umrlarni asrlarga uzaytirib qo'ygan bo'ladi. Ammo ba'zi bir umrlar bor asrdan oshiq yashab o'tilgan bo'lishi mumkin, ammo u umr unutiladi, hech kim eslamaydi, chunki u umr unumli foydalanilmagan, isrof qilingan. 

 Darhaqiqat, isrof-vaqtda ko'p ko'rinadi. Bu esa og'ir gunoh. Banda vaqtning isrofiga ham javob beradi.

 

Vaqtni unumli sarflash, maqsad sari yo'naltirish, kun rejasi qilib olish evaziga vaqtini barakali qilish- bu bandalarning ixtiyoriga berilgan narsa. Har bir inson kunlik vaqtini taqsimlab olishi kk. Agar vaqt taqsimlanmasa istaydimi-istamaydimi vaqt isrof qilinadi. Ya'ni oldindan reja qilmasa inson- to keyin reja qilaman deguncha ham inson vaqtini isrof qilib qo'yadi. Shuning uchun ajdodlarimiz, olimlarimiz hayotlaridan istifoda olar ekanmiz, u zotlar har kecha yotar ekan, ertangi kun rejasi ularda mavjud bo'lar ekan. Har bir daqiqani taqsimlagan ekanlar. Ya'ni vaqtni to'g'ri taqsimlash orqali hamma narsaga ulgurish mumkin. 

Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda isrofgarlarni suymasligini va ular shaytonning birodarlari ekanligini bayon qilgan. Jumladan,

إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ

ya'ni: “...U isrof qiluvchilarni sevmagay” (A'rof surasi, 31-oyat).

 

Biz vaqtni, umrni har qancha isrofidan saqlanar ekanmiz, Alloh taolo evaziga ziyoda ne'mat va barakali umr bilan siylaydi, inshaAlloh.

 

 

"Jo'ybori Kalon" o'rta-maxsus islom ta'lim muassasasi o'qituvchisi 

Amonova Sitora.

Izoh qoldirish