Balog’atga yetmagan bolalar o’z yoshiga va o’sishiga ko’ra turlarga bo’linishi va shunga ko’ra ta’lim berilishi
Balog’atga yetmagan bolalarga alohida e'tibor bilan Qur’oni Karimni o’rgatib, yodlatib shu yo'lda bardavom borilsa uning eti va qoniga singib ulg'ayadi.
Balog’atga yetmagan bolalar o’z yoshiga va o’sishiga ko’ra turlarga bo’linadi va shunga ko’ra ta’lim beriladi. Agar biz insonlarni necha yoshida qanday qabul qila olishini bilsak ularga Qur’oni Karimni talim berishimiz osonlashadi. Bu narsani necha asrlardan buyon olimlar har hil usulda o’rganib bosqichlarga bo’lib chiqishgan. Misol uchun bir fransiyalik yirik psixolog R.Zazzo o’z vatanidagi ta'lim va tarbiya tizimining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
1. Birinchi bosqich − bolaning tug’ilganidan 3 yoshgacha davri.
2. Ikkinchi bosqich − 3 yoshidan 6 yoshigacha.
3. Uchinchi bosqich − 6 yoshidan 9 yoshigacha.
4. To’rtinchi bosqich − 9 yoshidan 12 yoshigacha.
5. Beshinchi bosqich − 12 yoshidan 15 yoshigacha.
6. Oltinchi bosqich − 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari – ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.
Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli larzaga keltiruvchi mo’'jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo’lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg’ak organizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi, unda yangi sharoitlarga ko’nikish davri kurashlar ostida o’tadi. Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamniig qarshiligiga, ta'siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi.
Demak bolani Qur’on o’rganishi va yod olishi onaga bo’liq hattoki, onalar farzandini tarbiyasi va ta’limini turmush o’rtoq tanlashdan oldin boshlashlari kerak ekan.
Albatta bolalari Qur’on hofizi bo’lish istagida bo’lgan onalar avvalo o’zlariga ahamiyat berishadi, ta’lim olishadi, Qur’on yodlab, halol luqma yeyishadi.`
Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya'ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning og’irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko’rinsa-da, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning organizmi jadal sur'at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3–5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining og’irligi 300–350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi hujayralarining miqdori, “ariqchalar”ning yaqqol ko’zga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmog’i jihatdan katta odamlarning miyasidan farq qiladi.
Chaqaloqda eshitish sezgisi zaif rivojlangan bo’lsa ham, u hali o’zi eshitishga moslashmagan kuchli qo’zg’atuvchilarni (tovush, qichqiriqni) aks ettira oladi, biroq tovush kelayotgan obyektni aniq topa olmaydi.
Chaqaloqlik paytdan Qur’on tinglash va ayniqsa uni o’zining ota-onasidan eshitishi kelajakda bu bolaga Qur’onni yodlashga va unga amal qilishga yordam beradi.
Bola uch yoshga qadam qo’yganda, unda nutqni tushunishning ko’lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga ko’tariladi. 2-3 yoshli bola kattalarning amaliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tushunishdan tashqari, ertak, hikoya, she'r kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlarni ham tushunishga intiladi, natijada ilk tasavvurlar vujudga keladi.
Qur’oni Karimni ham unda kelgan hikoyalarni qiziqarli tarzda, bolalar tinglab qiziqish darajasida ta’lim berish va 2−3 yoshli bolalar guruhida geometrik jismlar yordamida o’tkaziladigan mashg’ulotlarni o’tkazish va hajmi katta, rangi bir ya’ni turli hil bo’lmagan shakllarda harflarni o’rgatish va ularni ko’p takrorlatish bola tasavvurida va ongida o’rnashib qoladi. Ayniqsa uni multi media orqali va turli qo’shiqlarga solingan bo’lsa o’rgatish jarayoni oson kechadi.
O’yin yoshiga 5-7 yoshdagi bolalar kirib, bu davrda tashabbus tuyg’usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro’yobga chiqarish yo’li to’sib qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya'ni guruh o’yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning xayoloti o’sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
7 yoshdan so’ng maktab yoshi boladagi asosiy o’zgarishlar: ko’zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Bu paytta Qur’oni Karimni yodlatishni musobaqa tarzida amalga oshirish yaxshi natija beradi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo’lib, ular ijobiy xislatlari yetarli bo’lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o’zlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.
A.P.Usovaning ma'lumotiga ko’ra, 3−4 yoshli bolalarning o’yin faoliyati 10−15 daqiqa, 4−5 yoshli bolalarning o’yin faoliyati 40−50 daqiqa, katta maktabgacha yoshidagilarning o’yin faoliyati bir necha soatgacha cho’zilishi mumkin. Hatto, bir turdagi o’yinlarning syujetlari butun kun bo’yi, qolaversa, undan ham ortiq vaqt davom etadi. Bu hol bola o’yin faoliyati jarayonida hayot faoliyatning u yoki bu qirrasini muhim jihatini alohida ifodalab ijro etadi, deyishga hech qanday asos bo’la olmaydi.
Bularning vaqtidan kelib chiqib bolalarni bir joyda uzoq ushlab turish ularni zerikib qolishiga olib keladi. Ularni bir xonada bo’lsa ham o’rnilaridan turishga yoki bir guruh bo’lib ishlashlari kerak bo’ladi.
Shu holatlardan kelib chiqib balog’atga yetmagan bolalarga Qur’ondan ta’lim berish yo bo’lmasam yodlatish tog’ri bo’ladi. Hulosa qilib aytish mumkunki insonni ruhiy, fiziologik holatini hisobga olib unga ta’lim berilsa natija kutilgandanda a’lo natija bo’lishi mumkin. Bolalarga u nechi yosh bo’lishidan qat’iy nazar bir hil usulda, bir hil yondashuvda bo’lish bolani o’sha narsaga muhabbatini so’ndiradi. Shuning uchun bolalarimiz Qur’oni Karimni sevib, ardoqlab, sog’inib o’qishligiga sharoit qilib berish biz ota-onalar va ustozlarning qo’lidadir.
"Jo'ybori Kalon" ayol qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o'qituvchisi Amonova S
Izoh qoldirish