Rahbarga itoat qilish
Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَأُوْلِي الأَمْرِ مِنكُمْ فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً
.
Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Rasulga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Rasulga qaytaring. Ana shu xayrli va oqibati yaxshidir.Allohning amriga bo‘ysunish esa farzi ayndir.
Ushbu oyati karimada ishboshi deb kelgan so’zning tafsiri borasida ulamolar aytgan fikrlarni keltirib o’tmoqchimiz. Ko‘pchilik «ishboshi» deganda hokimnigina tushunadi. Aslida oyatda hamma ishboshi nazarda tutilgan. Fiqh ilmi ulamolarimiz bu oyatdagi «ishboshi»larni shunday tushuntirganlar: fiqhda ijtihod darajasiga etgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq bo‘lib qaror qilishlari ishboshilikdir. Ya'ni qaysiki olim darajasidagi inson boʻlsa unga boʻysunsa, u chiqargan fatvo va qarorlarga itoat qilsa, buni shariatdan deb bilsa - oyatdagi rahbarga itoatni bajargan bo’ladi. Ulardan so’ng hokimlar ham “ishboshi” hisoblanadilar. Ular toki shariatga zid boʻlgan ishga buyurmas ekanlar, ularga ham qarshi chiqish oyatdagi rahbarga qarshi chiqishni safiga kiradi. Undan so’ng, oyatdagi rahbardan murod, bu mahalla oqsoqoli boʻladimi, maktab direktori boʻladimi, korxona boshqaruvchisi boʻladimi, hatto uyimizni boshqarib turadigan otamiz ham shu oyatdagi ishboshini taxtiga tushadi, ularg itoat qilishlik vojib boʻladi.
لَاطَاعَةَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ قَالَرَسُولُ: عَن الْحَسَنِ قَالَ
. رَوَاهُابْنُأَبِيشَيْبَةَ. (متفقعليه)
Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Sof ahli sunnat yoʻlida yuraman degan har qanday musulmon kishi, hukumat qarori yoqmagan paytda ham, unga boʻysunishdan bosh tortmaydi. Jamiyatdan ajralmaydi, xalq tinchligini buzmaydi, davlatga qarshi isyonchilik qilmaydi.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu paygambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qildi: «Kimki amir tarafdan biror qarorni nomaqul korsa, bas, sabr qilsin. Chunki, kim podsho qarorlaridan bir qarich bolsa-da tashqari chiqsa, shubhasiz johilyatda oladi». (Buxoriy, kitob al-fitan 7054. Muslim, kitob al-imarot 1849. Dorimiy, kitob as-siyar 2519. Imom Ahmad. Musnad 2491).
Ibn Hajar Asqaloniy rohimahulloh bu hadisni sharhida shunday deydi:
«Ibn Battol aytgan: bu hadisda sulton agarchi zolim bolsa ham unga qarshi chiqilmasligiga hujjat bor. Fuqaholar hukumat rahbari bolib turgan sultonga itoat qilish va uning yonida turib dushmanga qarshi jang qilish vojibligiga bir ovozdan ijmo qilganlar. Shuningdek, sultonga itoat qilish unga qarshi isyon kotarishdan yaxshiroqdir. Chunki sultonga itoat bilan keraksiz gam-tashvishlarga barham beriladi va qon tokilishining oldi olinadi». (Fath al-Boriy. 13 – J. 9 – B.). Musulmon rahbarga qarshi isyon kotarish shariatimizda jiddiy jinoyat bolib, istilohda «bogiylik» deyilar va bogiylarning jazosi olim va bejanoza ko`milish kabi ogʻir hukmlar beriladi.
Yuqorida oʻtgan oyat va hadislardan koʻrinib turibdiki, inson doimo oʻzidan yuqori turgan insonlarga itoat qilib, buni Alloh roziligi uchun chin ixlos bilan qilsa judayam katta savobga ega boʻladi. Agarda itoat qilmasa ogʻir jazolarga yoʻliqadi.
Jo'ybori Kalon O'MITMda amaliyot o'tovchi talaba Hayotova Xolisa
Izoh qoldirish