16.12.2021

Tili rostning - hujjati rost.

  Hakimlardan biri dedi:   “Aytmaganimga  pushaymon bo‘lishim  - aytganimga pushaymon bo‘lishdan  - yengilroq va aytganimdan ko‘ra  aytmaganlarimga egaligim kuchliroq”.

  To‘g‘ri so‘zi ozning – do‘sti oz.Tili rostning  - hujjati rost.To‘g‘riso‘z kishi haybat va muhabbat orasida ( ya’ni, yolg‘onchilar undan doimo hayiqib yuradi, rostgo‘ylarning muhabbati esa unga hamisha ziyoda). Rostgo‘yligi bilan tanilgan kishining yolg‘oni rost o‘rinda o‘tib ketishi mumkin.Ammo yolg‘onchilik bilan tanilgan kishining to‘g‘ri so‘zi ham rost o‘rinda o‘tmaydi. To‘g‘riso‘zlik mukamal bo‘lishi uchun aytilayotgan gap aql ko‘taradigan bo‘lishi kerak.Qalb gunohdan saqlansa,tildan hikmatlar sochiladi.Oqilning gapi qut – baraka , nodonning gapi yo‘qotish, bosh berishdir.Tilning uzuni - insonning halokati.Yaxshi ishlov berilgan ( ya’ni tanlab, o‘rnida aytilgan ) gap qayralgan qilichga o‘xshaydi.Podshohni g‘iybat qilish – nor (ya’ni o‘t. olov ), do‘stlarni yomonlash – or (ya’ni uyat,) So‘zning eng to‘g‘risi zohir ( ochiq) holat gapirib turgan so‘zdir.Gapi ozning gunohlari ozdir, shovqini ko‘pning xatosi ko‘pdir. Tiliga ega kishi saltanatning egasidir. Tili bo‘sh kishi do‘stlarini tang holatga solib qo‘yadi.Jim turolgan kishi nafratdan omondir, noloyiq gapni gapirgan kishi, o‘zi xohlamagan  so‘zlarni eshitadi.Behikmat gapirish  aqlsizlikdir, fikrsiz jimlik soqovlidir. Kim o‘z podshohini ayblarini tekshirsa, til kesilishiga ro‘baro‘ bo‘ladi. Gaplarning eng xunug- pastkashlarni maqtash.Yomonligi bilan tanilgan kimsani  maqtash – pastkashlikning belgisi.Yomonlarni poklash (ya’ni, oqlash) – gunohlarning cho‘qqisi.Haqni gapirgan kishi tasdiq qilinadi( ya’ni,odamlar uning og‘zidan chiqqan gapni doimo to‘g‘ri deb tan olishadi), haqqa amal qilgan kishi esa( dunyo va oxirat saodatiga) muvaffaq bo‘ladi.

   Qaytishing haqqa  intilishing to‘g‘rilikka bo‘lsin. Chunki. haq - ishonchli narsalarning eng kuchlisi. to‘g‘riso‘zlik yaqin narsalarning eng afzalidir. Qancha so‘zlar bor taqdirda bitilgan(balo)larni keltiradi,uylarni xarob qiladi, kishilarni qabrlarga eltadi.Til dami keskir qilichdir, gap teshib o‘tuvchi o‘q, uni to‘sish imkonsiz. Salomatlik - sukutda, pushaymonlik esa  gapirishdpdir. Odobi ozning  - shovqin suroni ko‘p. Baraka muloyimlik bilan, najot rostgo‘ylik bilan hamisha  birgad

“Unvonul bayon” kitobidan. Arab tili mudarrisi Saidov Qilich tarjimasi.

Izoh qoldirish