TIL MILLAT BIRLIGI.
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,Til vositai robitai olamiyondur.G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,Bilmakka oni g‘ayrat eting foida kondur.Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.
Millatni millat qilib dunyoga tanitadigan muhim belgilarning eng asosiysi tildir. Yer yuzida juda koʻplab millat, elatlar mavjud. Ular bir-birlari bilan oʻz tillarida soʻzlashganliklari bois millat, elat, degan nomga egadirlar. Tilsiz xalq boʻlmaydi, xalqsiz esa tilning mavjud boʻlishi mumkin emas.Darhaqiqat, ona tili – millatning ruhi, maʼnaviy qiyofasi, or-nomusi, orzu-umididir. Inson dunyoga kelibdiki, Vatani, Onasi, Oilasi qanchalik muqaddas boʻlsa, ona tili ham shunchalik azizdir. Hattoki, goʻdak ham dunyoni ona tili orqali anglaydi. Usiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili – millatning birligi va birdamligining timsolidir.Dunyo tillari ichida eng goʻzal va jozibador tillardan biri – bu oʻzbek tilidir. Biroq tarixga nazar tashlarkanmiz, bu tilga boshqalarning doimo past nazar bilan qarashi, uni mensimaslik kayfiyati ustuvor boʻlgan. XV asrga qadar turkiy tilga bepisandlik bilan qarab, “Bu til avom tili, undan foydalanib ijod qilib boʻlmaydi”, degan daʼvolarni ilgari surgan. Ammo gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari turkiy tilda “Xamsa”, yaʼni besh dostonni va boshqa yirik, badiiy jihatdan oʻta mukammal asarlarni yaratdi.Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy “Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz”, deb ona tilimizni ulugʻladi. Hazrat Navoiy zamonida adabiyot tili sifatida fors tilining mavqei baland edi. Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy “Xamsa”ni forsiyda yaratgan, adabiyot ahli oʻrtasida turkiy tilda bunday ulkan badiiy asar yaratib boʻlmaydi, turkiy tilning ifoda imkoniyati bunga yetmaydi, degan qarashlar hukmron edi. Ulugʻ mutafakkir “Muhokamat ul-lugʻatayn” asarida turkiy tilning forsiydan kam emasligini, aksincha, balandroq ekanini aniq dalillar bilan isbotlab beradi.Abdulla Qodiriy ona tilimiz borasida kuyunib shunday degan edi:“Oʻzbek tili kambagʻal til emas, balki oʻzbek tilini kambagʻal deguvchilarning oʻzi kambagʻal. Ular oʻz nodonliklarini oʻzbek tiliga toʻnkamasinlar”.Turk dunyosining buyuk maʼrifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali oʻz bitiklarida “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sugʻurib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”, deya yozib qoldirgan edi.Oʻtgan asrning 80-yillari oxirlariga kelib milliy uygʻonish davri tarix sahnasiga chiqdi. Bu deyarli barcha sohalarda, shu jumladan, til bilan bogʻliq masalalardagi muammolarga boʻlgan munosabatda yaqqolga koʻzga tashlandi. Xalqimizning asl namoyandalari oʻzbek tiliga davlat maqomini berishni talab qila boshladi, bu boradagi ommaviy noroziliklar soni tobora koʻpaydi.1989-yilning 21-oktyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni eʼlon qilindi va bir yarim asrlik qaramlikdan soʻng oʻzbek tili yana davlat tili maqomini oldi. 1992-yilning 8-dekabrida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlandi. 1995-yil 21-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida qabul qilingan yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi qonun oʻzbek tilining jahon miqyosidagi rasmiy Davlat tili sifatida eʼtirof etilishi va nufuzining yuksalishini taʼminlashi kerak edi. 2019-yilning oktyabr oyida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ona tilimiz taqdiri bilan bogʻlik ikki buyuk tarixiy hujjatni imzoladi: 4-oktyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror hamda 21-oktyabr kuni “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon eʼlon qilindi. Bu ikki hujjat oʻzbek tili hayoti va rivojida yangi bir davrni boshlab berdi.Quvonchli mujdalar davom etib, koʻp oʻtmay joriy yilning 10-aprelida butun mamlakat boʻylab Prezidentimiz “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.Biz ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, goʻzal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda oʻz hissamizni qoʻshishimiz kerakBirinchi Prezidentimizning ta’bri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi.1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli chet ellаrda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va jozibadorligidan darak beradi. Rossiyalik tilshunos olima, professor A. M. Kozlyanina “O’zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” deb bejiz ta’kidlamagan. Shunday ekan ona tilimizning shundayin go’zalligini, sofligini keyingi avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona tilni ulug’lash, asrab-avaylash o’sha tilda so’zlashadigan har bir insonning burchidir.Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, mashhur bo’lgan A. Navoiy bobomizga tegishli “Ko’ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so’z bil”. Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so’zdir. O’zbek tilining so’zlari shu qadar ma’noli, ko’pki bitta ma’noga ega bo’lgan tushunchasi bir nechta so’zlar orqali ifodalash bo’ladi. Masalan, birgina ko’z so’zining bir necha ma’nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli so’z, bir necha so’zlar bilan ifodalansa, ya’ni sinonim so’zlari qanchalik ko’p bo’lsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Ko’plab adiblarimiz til haqida ko’plab hikmatli so’zlarni aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Masalan, “Til-millat ko’zgusi”, “Til-ma’naviyat ko’zgusi”, “Til-millatning bebaho boyligi” va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Muhammad Yusuf ushbu sherida shinday deydi.
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bug’doylarim,Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handalakdek tilim-tilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.Bir qarasam har shevangda ming jilolarHar novdangda, har mevangda ming jilolar.Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir. Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz mustahkam bo’ladi.
“Xoja Orif ar Revgariy” jome masjid imom-xatibi Egamberdiyev M.
Izoh qoldirish