09.02.2026
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
#kun_hikmati
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy.
Alisher Navoiyning ustozlar haqida keltirib o‘tgan ushbu satrlari zamirida zalvorli ma’nolar bor. Zero, har doim izlanishda bo‘lgan, o‘z ustida ishlab, o‘quvchi va talabalari uchun har kuni alohida tayyorgarlik ko‘rib kelgan, siz-u bizga erinmay bilim o‘rgatgan ustozlarning haqini darhaqiqat, ado etib bo‘lmaydi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish