30.06.2026

2026–2027-O‘QUV YILI QABUL JARAYONIGA TAYYORGARLIK KO‘RILDI

✅ 2026–2027-o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish jarayonini puxta va sifatli tashkil etish maqsadida "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

🗣 Yig‘ilishda qabul jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, abituriyentlar uchun qulay sharoit yaratish, hujjatlarni qabul qilish tartibi hamda mas’ul xodimlarning vazifalari yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

✅ Ta’lim muassasasida qabul jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlari yakunlanib, qabul maskanlari to‘liq shay holatga keltirildi.
📅 Hujjatlar qabuli 2026-yil 30-iyundan 20-iyulga qadar davom etadi.

🌸 Yurtimizning barcha iqtidorli va ilmga chanqoq qizlarini ta’lim muassasamizga hujjat topshirishga chorlaymiz. Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
 

Izoh qoldirish