1442 йил 6 шаввол | 2021 йил 17 май, душанба Тонг-03:43 | Қуёш-05:17 | Пешин-12:40 | Аср-17:49 | Шом-20:04 | Ҳуфтон-21:38
Тонг-03:43 | Қуёш-05:17 | Пешин-12:40 | Аср-17:49 | Шом-20:04 | Ҳуфтон-21:38

Saodat mavjuddir

08:56 / 23 март 145

Saodat  mavjuddir. Lekin kim unga ega bo’la oladi?

Qalbimga dedim: “Agar seni g’am-alam tutsa xursand bo’l, chunki ko’p qo’rqilgan narsalar asli yolg’on bo’lib chiqadi!”.

Inson saodatga erishish uchun o’zi harakat qilishi kerak, ammo unga yetishmoq uchun To’g’ri Yo’lni topgan bo’lishi lozimdir. U ishni, odamlarni sevadigan shijoatli, rostgo’y bo’lmog’i, o’zgalarga yordam berib, xudbinlikdan  uzoq bo’lmog’i darkor. Balki hamma narsadan avval uning qalbi tirik bo’lishi kerakdir. Saodat afsona emas, balki u ochiq haqiqatdir. Unga yetishganlar ko’pdir.

Odamlar inson uchun ko’zgudir. Agar uning  xulqi go’zal bo’lsa, odamlar ham u bilan chiroyli muomalada bo’lurlar. Shunda uning asabi tinchlanar, qalbi rohat olar, o’ziga do’st bo’lgan jamiyatda yashayotganini his qilar.

Xulqi yomon inson xulqi yomon odamlarga, toshbag’irlarga duch keladi. O’zgani hurmat qilmagan hurmat topmaydi.

Xusni hulq egasi xotirjamlikka yaqinroq, iztirob, keskinlik, alamli holatdan uzoqroqdir. Binobarin, xusni hulq- Allohning bandalariga bergan ne’mati va Islom unga eng ko’p undagan narsadir. Alloh taolo aytadi:

(Ey Muhammad  alayhissalom), avf- marhamatli bo’ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o’giring!”. (A’rof  surasi, 199-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Sizlardan axloqi go’zal, shikasta nafs, oshno bo’luvchi va bo’linuvchi kishilar menga suyuklidirlar. Chaqimchilik qilib yuradigan, do’stlarni bir-biridan ayiradigan, pokiza odamlardan ayb axtarib yuradigan kimsalar men uchun suyuksiz- mag’zubdir”.

Men oqil inson samimiyatdan yuz o’giradi, mo’min inson baxtsizlik, umidsizlik tomon qanot qoqadi, deb o’ylamayman. Lekin, ba’zan kishini yengilmas tasodiflar mag’lub qiladi va undan xotirjamlik va tinchlikni tortib oladi. Kishi ana shu paytda bu chigallikdan chiqarishi uchun Allohdan panoh so’ramog’i darkor. Zero, qayg’u oqimiga taslim bo’lmoq, irodani qamrab oluvchi yemirilishning boshlanishidirki, buning oqibatida barcha amallar ojizlik va omadsizlikka yo’l tutadi.

Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblariga Allohdan mana shunday ofatlardan najot berishini so’rashlarini ta’lim berganlar. Abu Saiyd al-Xudriy aytadi: “ Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib, u yerda ansorlardan bo’lgan Abu Umoma otliq bir kishini ko’rdi. Undan : “Ey Abu Umoma, nega namoz vaqti bo’lmasa ham bu yerda turibsan? “, - deb so’radi. Abu Umoma : “ Qayg’u va bo’ynimdagi qarzlarim meni shunday qilishga majbur qildi, ya Rasululloh”,- dedi. Rasululloh sollallohu alyhi vasallam : “ Agar aytsang, g’amlaringni ketkazadigan, qarzlaringni to’lashingga ham yordam beradigan duoni o’rgataymi?”, -dedi.  Abu Umoma: “ Ha , ya Rasululloh, o’rgating”, -dedi. Shunda U zot aytdilar:

“Tongga kirganingda ham, tunga kirganingda ham ushbu duoni o’qigin: “ Allohim, men Sendan g’am-qayg’ulardan, ojizlik, dangasalikdan, qo’rqoqlik, baxillikdan, va qarz ostida qolisgdan hamda odamlarga mag’lub bo’lib qolishdan panoh so’rayman”, - dedilar.

                                                   Manbalar asosida “Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar o’rta   

                                                  maxsus islom  ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi

                                                  Safarmatova Gulruh tayyorladi.

 

 

Янгиликлар
Бухорои Шариф
Энг кўп кўрилган мақолалар