19 Sentyabr 2019 18:11:06 (GMT+5)

Assalomu alaykum

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Jo‘ybori kalon”

o‘rta maxsus islom bilim yurtining rasmiy saytiga xush kelibsiz

Tarixdan ma’lum, Buxoro shahri bir qancha guzarlardan tashkil topgan. Guzarlardan birida jo‘yborilar, ya’ni, mavqei yuksak, hurmatli shayxlaristiqomat qilgan. Jo‘ybor so‘zi lug‘atda “katta oqar ariq”, “ariq bo‘yi” ma’nolarini bildiradi.

...

Axloqiy tarbiya

Sharq madaniy hayotida komil inson tarbiyasi hamisha avvalgi o‘rinlarda bo‘lib kelgan. Har qanday davr va har qanday jarayonlarda ham bu o‘z qiymatini saqlab qolavergan. Darhaqiqat, ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy aytganidek: “Tarbiya biz uchun yo hayot ­– yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Ayniqsa, texnika taraqqiyoti, axborot almashinuvi shiddat bilan ilgarilab borayotgan bugungi davrda ham milliy-ma’naviy, islomiy-ma’rifiy an’anaviy qadriyatlarni saqlagan holda tobora yangilanib borayotgan zamonaviy muhit va tafakkurga mos tarbiyaga ehtiyoj kattarib bormoqda.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobi bu borada bizga yetarlicha ma’lumot va tavsiya bera oladigan boy manbalardan hisoblanadi. Kitobda “Odobning ta’rifidan” boshlab, inson hayotiy faoliyati, ijtimoiy munosabatlari, jamiyat harakati bilan bog‘liq deyarli barcha jarayonlar uchun zaruriy odob-axloq me’yorlari, tarbiya usullari keng yoritib berilgan. Islomiy odoblar va “Odobning Vatanimizdagi holati” atroflicha tahlil qilingan, diniy-ma’rifiy munosabat bildirilgan, mazkur kitobni yaratish sabab va zaruratlari asoslangan.

Eng muhimi, davrning dolzarb zamonaviy muammolaridan bo‘lgan “To‘y va marosim odoblari”, “Yoshlar odobi”, “Yo‘l odoblari”, “Uyali aloqa vositasiga oid odoblar”, “Internet odoblari”, “Tijorat odoblari”, “Masjid odoblari”, “Ilm odoblari” va “Kasb odoblari” nihoyatda keng hamda ta’sirchan yoritilgan. Bizning e’tiborimizdan chetda qolib ketayotgan, nigohimiz ilg‘amaydigan jihatlarga ham yetarlicha munosabat bildirilgan. Muallif o‘z fikr-mulohazalarini diniy-ma'rifiy manbalar bilan asoslashga harakat qilgan. Jamiyat ma’naviy hayotini boyitishga, inson ruhiy kamolotiga munosib ta’sir eta oladigan mazkur kitobdan oilaviy muhitda, ta’lim muassasalarida, mehnat faoliyatida tarbiya vositasi sifatida keng foydalanish yuqori natijalar kafolatidir.

Jo'ybori Kalon o'rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchisi Mo'minova Mehriniso