19 Sentyabr 2019 18:10:50 (GMT+5)

Assalomu alaykum

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Jo‘ybori kalon”

o‘rta maxsus islom bilim yurtining rasmiy saytiga xush kelibsiz

Tarixdan ma’lum, Buxoro shahri bir qancha guzarlardan tashkil topgan. Guzarlardan birida jo‘yborilar, ya’ni, mavqei yuksak, hurmatli shayxlaristiqomat qilgan. Jo‘ybor so‘zi lug‘atda “katta oqar ariq”, “ariq bo‘yi” ma’nolarini bildiradi.

...

​Diniy mutaassiblik

Diniy mutaassiblik

Alloh taolo Qur’oni karimda

shunda marhamat qiladi:

,,Alloh sizlarga yenglikni istaydi,

sizlarga og’ir bo’lishini istamaydi”

(Baqara surasi 185-oyat)

Diniy mutaassiblik lug’atda bir narsaga qattiq bog’lanib, ashaddiy tarafkashlik ma’lum bir mafkura va qarashlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy milliy va siyosiy sohlarda haddan ziyod, ko’r-ko’rona va hissiyotlarga berilib ergashish va ularga amal qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Qandaydir tushunchalarga e’tiqodga yoki dunyoo qarashga sodiqlikning eng so’ngi darajasi. ,,Kashshofu istilohatil funun” kitobida: ,,Mutaassiblik, garchi dalil ko’rinib turgan bo’lsa ham, bir tomonga moyillik tufaylik haqni rad etishdir” deb ta’riflangan.

Mutaassiblikning eng keng tarqalgan ko’rinishi bu – diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda ma’lum bir dinda asos bo’lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko’rsatmalariga zid ravishda o’zicha talqin qilib, boshqalarni ergashishiga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta hatarlaridan biri dinlar aro muloqatga rahna solishdir. Ushbu illat aksar hollarda islom dini bilan bog’liq hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. Ammo bu harakat muayyan ma’noda barcha din va konfessiyalarga e’tiqod qiluvchilar orasida uchraydi.

Diniy mutaassiblik ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi. Birinchsi, boshqa dinlarga nisbatan mutaassiblik; ikkinchisi dinda mutaassibona harakat qilishdir.

Alloh taolo Qur’onu karimda shunday marhamat qiladi:

,,Dinga zo’rlab kiritish yo’q. Zero to’g’ri yo’l zalolatdan ajrab bo’ldi.”

(Baqara surasi 256-oyat). Ulamaolar bu oyatni diniy mutaassiblikdan qaytaruvchi dalil sifatida keltiradilar.

Islom dini mutaassiblikka xayrixohlik bildirmaydi. Biron shaxs, guruh moldunyoga nisbatan va obro’-etibor uchun qilinadigan harakat har qanday mutaassiblik va firqalarga bo’linishni qoralaydi, tarafkshlikni johiliyat holatiga o’xshatadi. Aksincha, tevarak o’ylashga, boshqalarga murosali bo’lishga chaqiradi. Ba’zi musulmonlar islom hukumini tushunishda mutaassibona va diniy qarashlarni yoqlab, diniy qarashlarni tushunish va ularga amal qilishda ixtilof chiqarib, o’z fikrini dindagi eng to’g’ri va asil islomi ko’rinish sanab o’zlariga nisbatan keskin munosabatda bo’lmoqdalar. ,,Mutaassiblikning havli tomoni shundaki, taassubka moyil odamlar jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodirlar. Ommaviylik unsure esa muayyan bir xatti-harakatlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini yo’qotib yuboradi, harakatga ommavi tus beradi. O’zining shubxasiz haqligiga, haqiqatni faqat o’zi bilishiga zo’ravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstrimizmining paydo bo’lishiga olib keladi.”

Shu o’rinda, hadis sharifga yo’llansak: Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam musulmonlarni boshqa din vakillariga nisbatan bag’rikeng bo’lish, ularning etiqodini hurmat qilish, haq’lariga rioya etishga buyurganlar. Rosulluloh sollalohu alayhi vasallam: ,,Kim ahli zimmaga biror zahmat yetkazsa qiyomat kuni meni o’zining dushmani sifatida ko’radi”, deganlar.

Dinda mutaassibono harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish. Qur’on va Sunnat da kelgan ta’limotlarga zid ravishda o’z fikriga ergashishni qattiq qoralaydi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo’ygan chegaradan chiqib ketishlik tushuniladi. Bu ish aqidada bo’lsin, so’z yoki amalda bo’lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi: ,,Ushbular Allohning shegaralridir. Bas, ulardan tajavuz qilamang. Va kim Allohning chegaralaridan tajaovuz qilsa, bas, o’shalar, ana o’shalar, zolimlardir”.Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vassalam esa: ,,Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo’linglar. Chunki, sizlardan oldin o’tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deganlar.

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: ,,A’robiylar(shariat ilmidan behabar kishilar) kufru nifoqda qattiqroq va Alloh O’z payg’ambariga nozil qilgan narsalarning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilim va hikmat sohibidir” (Tavba, 97-oyat)

Mazkur oyati karimada zikir qilingan ,,A’robiylar” guruhlarga bo’lingan, shariat ilmidan mutlaqo bexabar firqalar bo’lib, ular sahobiylar davrilaridanoq yuzaga kelgan edi. Bunga misol qilib xorijiylarni keltirish mumkin.

Qur’oni karimda bayon qilinadi: ,,Ayting: ,,Ey ahli kitob, diningizda noto’g’ri tomonga tajovuz qilmang va (islom kelishidan) ilgari yo’ldan ozgan va ko’plarni yo’ldan ozdirgan hamda yo’ldan chiqib ketgan qavmning nafsi havolariga ergashmang!” (Moida surasi 77-oyat)

Mutaassiblik sababli haq yo’ldan adshkanlarga hitob qilingan mazkur oyati karima orqali Alloh taolo musilmonlarni ularning xatolarini takrorlamaslikka, nafs hohishiga ergashib, noto’g’ri yo’lga ketmaslikka, haq yo’lda sobit turishga buyirmoqda.

Mutaassiblik oqibatida hunrezlik va notinchliklar kelib chiqqaniga tarixda misollar ko’p. Musilmonlar orasida ko’plab firqa va oqimlar paydo bo’lishiga ham mutaassiblik sababchi. O’tmishda ,,xorijiylar”, ,,mu’tazilliylar”, ,,marisiylar” kabi oqimlar turli nizolar chiqargan bo’lsa bugungi kunda ,,hizbut tahrir”, ,,hizbulloh”, ,,tablig’chilar”, ,,akromiylar”, ,,salafiylar” singari firqa va oqimlar o’zlarining mutaassibona g’oyalari bilan osoyishtalikka tahdid solmoqda. Har xil oqimlarning botiligini isbotlash, ularga qarshi faol kurashish uchun kalom ilmini bilish tobora zaruri extiyojga aylanib bormoqda. Zero, muhtaram birinchi prizidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: ,,Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kuarshmog’imiz kerak”. Kalom ilmi faqat diniy extiyojlar sababli emas balik ijtimoiy, siyosiy zarurat tufayli paydo bo’lgan ilimdan hisoblanadi. Ga’yriy islomiy oqimlar paydo bo’lishining asosiy sababi ham aqida ilmidan bexabrlik natijasi ekanini unitmaslik lozim.Kalom ilmining asil mohiyatida esa jamiyatda paydo bo’ladigon turlli aqidaviy tushunmovchiliklar, ixtiloflarga barham berish o’zifodasini topgan bo’lib, adashgan firqalrning botil e’tiqodlari va ularga qarshi kurashning ma’rifiy-g’oyaviy usliblari yoritiladi hamda e’tiqodga hos masalalarning asli ochib beriladi. Ibn Ma’suddan rivoyat qilingan: ,,Dinda chuqur ketadiganlor halok bo’ldi. Dinda chuqur halok bo’ldi. Dinda chuqur ketadigonlar halok bo’ldi”, - deb rivoyat qilganlar. (Imom Muslim rivoyati)

Dinni o’zining dunyo qarashi doirasida mahkam tutish, undagi vojib amallarni ado qilishda, ularga ergashmagan kishilarni yomon ko’rish, ular bilan nizo chiqarish, tarqoqlik va fitnaga sabachi bo’lish ayni mutaassiblikning yorqin ko’rinishidur.

Anasroziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Nabiiy alayhissalom Muoz roziyallohu anhudan va uning sherigini Yamanga jo’natib turib: ,,Yengil qiling va qiyin qilmang. Xushxabar beringva nafratlantirmang. O’zaro yordam bering va ixtilof qiladigan ekanlar” (Imom Buhoriy rivoyati)

Mutaassiblikning turli ko’rinishlari bor bo’lib, ular kishining o’zi mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib bu yo’lda ashaddiy ravishda kurashi demakdir. Mo’tabar manbalarimizda ota-bobolari va o’zining nasabi bilan faxrlanish tuyg’usi kishini do’zaxga tutadi deb takidlangan.

Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rosulluloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir kishi sherigiga qarab: ,, Men falonchini o’g’liman. Sen kimsan, onasini yo’qotgan (onasi betayin ),” dedi. Shunda Rosulluloh sollallohu alayhi vasallam: ,,Muso alayhissalom davirlarida ikki kishi bir-biriga nasabini bayon qildi. Ulardan biri: men falonchini o’g’liman. Otamning otasi falonchi” deb to’qqiz avlodini sanab: ,,Seng kimsan, onasi betayin” dedi. Narigi kishi: ,,Men falonchini o’g’liman. Otamning otasi falonchi. Uning otasi bir musilmonnig o’g’li”, dedi. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qilib dedi. ,,Ey sen, o’zini to’qqizda avlodiga nisbat bergan, ularning hammasi do’zaxdadir, sen o’ninchisi san. Ey sen, o’zini ikki ajdodiga nis bat bergan ular jannatda, sen uchinchisi san. Bu tuyg’u insonlar o’rtasida muhabbatni so’ndiradi,inoqlikni ketkazadi, do’stlar orasida adovatni paydo qiladi, yaqinlar orasini ajratadi, qarindosh urug’lar orasida urushni qo’zg’aydi, mustahkam bino kabi ko’ringan do’stlikkad barham beradi.

Manbaalar diniy ekstrimizim va terrorizmi kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo’lsada, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugingidek tahdid solmaganin qayd etish lozim. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global harakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlaktlari hamda mintaqalariga birdek havf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini e’tirof etish joiz. Mazkur yo’nalishda kishilik jamiyati oldida kompleks vazifalar dolzarb bo’lib turibdi. Ushbu vazifalarga to’xtalib, birinchi prezidentimiz Islom Karimovning ,,Birinchi galda, terrorchilarni tayyorlaydigon zaminga, g’oyaga, mafkuraga etibor berish, shularga qarshi kurashish kerak. Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo’qatadigon mana shunday g’oyalarga qarshi biz qurol bilan emas g’oya bilan kurashishimiz zarur”, deb ta’kidlaganlar.

Bugingi kundagi ko’plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa qilib aytganda, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so’zlarini keltiramiz: ,,Islom mo’tadil din bo’lib haqiqatlardan birontasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo’l qo’ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham e’toqdda bir taraflama va g’ayritabiy bo’lish ham haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo’sh qo’yib yuborish ham yo’q.

Alloh taolo barchamizni hidoyatidan adashtirmasin.

,,Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar

islom bilim yurti 2-,,A” kurs

talabasi Abdullajonova Soliha