19 Sentyabr 2019 18:10:02 (GMT+5)

Assalomu alaykum

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Jo‘ybori kalon”

o‘rta maxsus islom bilim yurtining rasmiy saytiga xush kelibsiz

Tarixdan ma’lum, Buxoro shahri bir qancha guzarlardan tashkil topgan. Guzarlardan birida jo‘yborilar, ya’ni, mavqei yuksak, hurmatli shayxlaristiqomat qilgan. Jo‘ybor so‘zi lug‘atda “katta oqar ariq”, “ariq bo‘yi” ma’nolarini bildiradi.

...

​Sadaqa nima?​

Sadaqa nima?

Bizlarni rizqlantirguvchi Alloh taologa beadad hamdu sanolar, va bizlarga to’g’ri yo’l ko’rsatgan Rosululloh (s.a.v.)ga salavotu salomlar bo’lsin.

Buxoriydan rivoyat qilingan hadisda aytiladi “Alloh taolo yaratgan har bir yangi kunda har bir odam bolasiga har bir bo’g’inlari uchun sadaqa qilish vojib bo’ladi.” Kitoblarda 360ta bo’g’in borligi aytiladi demak, kuniga shuncha sadaqa qilishimiz vojib ekan.

Sadaqa o’zo nima? Ko’pchiligimiz sadaqa deganda faqat molni tushunamiz. Albatta bu xato fiklar. Chunki hadisda “Har bir yaxshilik sadaqadir deyilgan.”

Misol uchun: yordamga muhtoj kishiga ko’mak berishimiz sadaqa, yo’ldan ozor beradigan narsani olib tashlamoqligimiz sadaqa, birodarimizga tabassum bilan qaramoqligimiz ham sadaqa, be’morni borib ko’rishligim ham sadaqa, yaxshilik uchun tashlangan har bir qadamimiz sadaqa. Sadaqa qilishlikda faqat bitta shart bor u ham bo’lsa faqat Alloh roziligi uchun qilinishi kerak. Bu haqida Baqaro surasining 262-oyatida shunday deyilgan.

“Allohning yo’lida mollarini sarflab so’ngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir”.

Sadaqa qilish oson emas. Sahih hadisda aytilishicha “Kishi yetmishta shaytonni soqolini bo’shatmaguncha sadaqa qila olmaydi.” Shuni unutmasligimiz kerakki sadaqani Alloh yo’lida berayotgan inson uni birovga bergandek ko’rinadi lekin aslida bu berilgan sadaqamiz oxiratimizda o’zimiz uchun zahira bo’lib yig’iladi.

Rivoyatlada aytilishicha sadaqa tufayli insonga oxiratda bir qancha fazllar beriladi.

  • Qiyomatda qattiq issiqda egasiga soya bo’ladi.
  • Sadaqa qilganni hisobi yengil keladi.
  • Sadaqa amallarni me’zonda og’ir qiladi.
  • Sirotdan o’tishga ruxsatnoma bo’ladi.
  • Jannatdagi darajasini ziyoda qiladi.

Sadaqani oxiratimiz uchun qilsakda unning fazli shu dunyomizning o’zida ham beriladi. Bu haqida Baqaro surasining 261-oyatida aytiladi.

“Mollarini Allohning yo’lida sarflaydiganlarning misoli huddi bir dona donga o’xshaydir. Undan yeti boshoq o’sib chiqadir har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga hohlasa yana ko’paytirib beradir”. Ya’ni sadaqa qilishlik bilan mol kamaymaydi unga baraka beriladi. Masalan kimgadir pulingizdan sadaqa qilsangiz pulingizga baraka beriladi, kimgadir ilm o’rgatib ilmingizdan sadaqa qilsangiz ilmimgizga baraka beriladi yoki kimgadir yordam berib vaqtingizni sadaqa qilsangiz vaqtingizga baraka beriladi.

Sadaqaning yana bir fazli kasallik va balolarni yo’q qiqladichunki hadisda: “Kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar” deyilgan

Sadaqada shunday fazilatlar yashirilganki bunda miskinlarga hursandchilik qalblarga sevinch, ruhimizga hotirjamlik, oxiratimiz uchun esa ulkan ajr va hadiyalar bor.

“Jo’ybori Kalon” islom bilim yurti

1 kurs talabasi Asrorova Nilufar