1442 йил 8 жумадис сони | 2021 йил 21 январь, пайшанба Тонг-06:34 | Қуёш-07:51 | Пешин-12:56 | Аср-16:20 | Шом-18:01 | Ҳуфтон-19:17
Тонг-06:34 | Қуёш-07:51 | Пешин-12:56 | Аср-16:20 | Шом-18:01 | Ҳуфтон-19:17

Ro’za va salomatlik

01:13 / 25.05.2018 655

Ro’za va salomatlik

Ramazon oyidagi amallar insonda o’z nafsini boshqara olish, sabr-qanoatli, maqsad sari sobitqadamlikda intilish kabi fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Ro’za insonni poklikka da’vat etadi.

Bu haqida Imom G’azzoliy shunday deydilar: «Ro’za tutish jon uchun zakot,badan uchun riyozat, yаxshilikka chorlovchidir. Ro’za gunohlardan tiyilish, jinoyatlardan saqlanishdir. Och badanda qalb bir me’yorda ishlaydi,aql tiniqlashadi, ko’z ravshan tortadi. To’qlik dangasalikni keltirib chiqaradi, qalb nurini o’chiradi, zehnni o’tmaslashtiradi. Kam uyqu va kam ovqat bilan qalblaringizga hayot baхsh eting. Shunda qalblaringiz musaffo bo’ladi va tetiklashadi. Ro’zada inson ochlikni his qilganda qаlbida och- muhtojlikka nisbatan rahm shavqat tug’iladi. Unga beriladigan ne’matlar haqida tafakkur qila boshlaydi. Tafakkur qilgani sari uni siylagan zotga nisbatan isyon qilishdan o’zini tiyadi. Bu insonni qalbida taqvo paydo qilib,uni turli g’arazlardan poklaydi».

Alloh taoloning “Ro’za tutishingiz siz uchun yaxshiroqdir” degan oyati va Payg’ambarimiz s.a.v: “ Ro’za tutinglar, salomat bo’lasizlar” degan hadislarning mo’jizani bugungi kunda o’z isbotini topmoqda.Tibbiy ilmiy izlanishlar natijasida ro’zaning turli jismoniy va ruhiy kasalliklardanhimoyalanishda va ularning oldini olishda fo’ydasi borligi sobit bo’ldi.Ulardan ba’zilari:

  • 1)Ro’za isondagi kasalliklarga qarshi qobiliyatini kuchaytiradi.
  • 2)Ro’za tutgan odamda semizlikka qarshi mone’lik paydo bo’ladi.
  • 3)Ro’za buyrakda toshlarni yig’ilishidan saqlaydi.
  • 4)Ro’za inson jismini to’qimalarda to’planib qoladigan zaharli moddalardan tozalashga yordam beradi.

Ro’za ko’plab bemorliklarni davolashda qo’l kelmoqda.

  • 1)Qon bosimini ortishi va ba’zi yuraklarni davolashda
  • 2)Qon aylanishiga kasalliklarni davolashda
  • 3)Bo’g’inlarning surunkali shishishni davolshda.

Bu borada MahItchen kasalliklar jadvalini tuzib chiqqan. Amerikalik mutaxassis Pol Foregg o’zining 50 yillik shaхsiy tajribasi o’laroq“Ochlik mo’jizasi” degan kitob yozadi. Dunyodagi ko’p tillarga tarjima qilingan bu kitob ro’zaning inson sog’ligi uchun eng zarur omil ekani o’ziga xos tadqiqotchisiga aylandi.

Ro’za inson ruhiga, qalbiga boshqa ifodalardan ko’ra tezroq va kuchliroq ta’sir ko’rsatishi keltirilgan.

Qalbni turli illatlardan tozalaydi va ma’naviyatni yuksaltiradi. Shuning uchun ro’zajamiyatningma’naviy - ma’rifiy yuksalishiga yordam beradi.

  • “Jo’ybori Kalon” o’rta maxsus islon bilim yurti mudarrisasi
  • Mahfuza Bozorova

Янгиликлар
Бухорои Шариф
Энг кўп кўрилган мақолалар