21 Oktyabr 2019 17:11:28 (GMT+5)

Assalomu alaykum

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Jo‘ybori kalon”

o‘rta maxsus islom bilim yurtining rasmiy saytiga xush kelibsiz

Tarixdan ma’lum, Buxoro shahri bir qancha guzarlardan tashkil topgan. Guzarlardan birida jo‘yborilar, ya’ni, mavqei yuksak, hurmatli shayxlaristiqomat qilgan. Jo‘ybor so‘zi lug‘atda “katta oqar ariq”, “ariq bo‘yi” ma’nolarini bildiradi.

...

Buxoro ayol-qizlar madrasasi

Tarixdan ma’lum, Buxoro shahri bir qancha guzarlardan tashkil topgan. Guzarlardan birida jo‘yborilar, ya’ni, mavqei yuksak, hurmatli shayxlaristiqomat qilgan. Jo‘ybor so‘zi lug‘atda “katta oqar ariq”, “ariq bo‘yi” ma’nolarini bildiradi.

Hozirgi Buxoro shahrining janubi-g‘arbidagi Jo‘ybor mavzei joylashgan hudud shayboniylar sulolasidan Abdullaxon II (hukmronlik davri 1557–1598) farmoni bilan Buxoro devori qayta qurilgach, shaharga qo‘shib olinadi. Mavze tarkibida Jo‘yizor, Dastorbandon, CHaqar, Ja’faron mahallalari bo‘lgan. Bu erda masjid, madrasa, xonaqoh, sardoba, hovuz kabi inshootlar qurilgan. Solorhaj (hajga boruvchilar boshlig‘i) darvozasi ham shu mavzeda joylashgan. Hajga boradigan buxoroliklar shu darvozadan chiqishgan. Keyingiasrlarda u Qorako‘ldarvozasidebnomlangan (hozirgacha shaharda saqlanib qolgan yagona darvoza). XX asr 20-yillarigacha bu mavzeda Buxoroning badavlat xonadonlari istiqomat qilgan. Jo‘ybor xojalarining aqlu farosati, donishmandligi tufayli xonu amirlar orasidagi nizolar bartaraf etilgan.

XV–XVI asrlarda Buxoro mashoyixlari naqshbandiya tariqatini yangicha sharoitlarda rivojlantirdilar. Mashhur Chor Bakrlar – Abu Bakr Sa’d, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Tarxon, Abu Bakr Homidlarning avlodlari – Jo‘ybor xojalari ana shular jumlasidan. Ular shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida tarix sahnasiga chiqib, keyingi yuz ellik yil davomida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol aralasha boshlashdi.

1559 yili Buxoroda bo‘lgan ingliz sayyohi Antoniy Jenkinson Jo‘ybor xojalari haqida bunday degan edi: “Buxoroda diniy rahbar bor. Qirolga nisbatan unga ko‘proq quloq solishadi, u o‘z xohishi bilan qirolni o‘rnidan olib, boshqasini qo‘ya oladi”.

«Jo‘ybori Kalon» madrasasi Subhonqulixon davrida, ya’ni, XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Buxoro hokimi Abdulazizxon farmoni bilan barpo qilingan. Madrasaning qurilishiga Jo‘yboriylar xonadoni kelini, Abdixoja Jo‘yboriyning zavjasi Oyposhshabibi bosh-qosh bo‘lgan. U nihoyatda ma’rifatli, taqvoli ayol bo‘lib, madrasa uchun mablag‘ ayamagan. Madrasa bilan bir qatorda «Volidai Abdulazizxon» jome masjidi ham qad ko‘targan. SHuningdek, mazkur ikki bino oralig‘ida hovuz – «Havzi Nav» ham qurdirilgan. Oyposhsha bibi madrasa qurilishida azaliy an’anaga rioya qilgan. Hashamatli peshtoq ichkarisidagi darvoza orqalimiyonsaroyga kiriladi. Kiraverishdan chap tomonda masjid, o‘ngda esa tomga chiqiladigan pillapoyava hujralar tizilmasi joylashgan. Madrasa bir qavatli bo‘lib, 21 ta hujrasi bor.

«Jo‘ybor» so‘zi Oyposhsha bibining nasllariga ishora bo‘lib, «yuksak martabali», «ulug‘ mavqeli» kabi ma’nolarni ham anglatadi.

Sovetlar davrida madrasadan turli maqsadlarda foydalanilgan. Natijada tashlandiq holatga kelgan. Nihoyat melodiy 1992 yil 1 sentyabrda madrasa ish faoliyatini qayta tikladi.

«Jo‘ybori Kalon» bilim yurti xotin qizlarga xoslangan bo‘lib, dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, o‘rta ma’lumotli diniy ilmlar, boshlang‘ich arab tili murabbiysi, diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi tayyorlashga ixtisoslashgan. Madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim bo‘limi tasdiqlagan reja asosida faoliyat yuritadi.

Hozirgi kunda bilim yurtida malakali ustozlar etmish to‘qqiz nafar talabaga dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda Qur’on, hadis, fiqh, islom tarixi, aqoid, arab tili, xattotlik kabi fanlardan saboq bermoqda. SHunisi e’tiborliki, talaba qizlar ilm olish bilan birga xattotlik sirlarini ham o‘rganishadi.

Bilim yurti binosi masjid, ma’naviyat, informatika, o‘quv xonalari, talabalar uchun yotoqxona, ma’muriy xonalar, oshxona hamda zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan tahoratxonadan iborat. O‘quv maskanining informatika xonasi zamonaviy kompyuter va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan. Talabalar dars jarayonida diniy va dunyoviy fanlarni kompyuterlar yordamida o‘zlashtirishadi. Ularning ilmiy izlanishlar olib borishlari, kundalik axborotlardan xabardor bo‘lishlari uchun 8458 dan ortiq ilmiy va badiiy adabiyotlarga ega kutubxona hamda shinam o‘quvzali tashkil etilgan.

Yоshlarimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish va jismonan baquvvat bo‘lishlariga zamin yaratish maqsadida madrasa binosiga qo‘shimcha tarzda zamonaviy oshxona, tahoratxona hamda talabalarimizning sport bilan shug‘illanishlariga imkoniyat yaratuvchi sog‘lomlashtirish maydonchasi qurildi.

Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni ma’naviy etuk, olima va oqila insonlar qilib tarbiyalashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan jamoamiz yoshlarimizning ilmiy salohiyatini oshirishda ulug‘ ajdodlarimiz me’rosidan, milliy – ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanib “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” degan hadisi sharifning hikmatli iboralarini shior qilib olganlar.

Bilim yurti ustoz-murabbiylari

RO‘ZALI QURBONOV